Mamlakatlarning harbiy samolyot va vertolyotlari soni bo‘yicha Flight International ro‘yxati tuzildi

Mamlakatlarning harbiy samolyot va vertolyotlari soni bo‘yicha Flight International ro‘yxati tuzildi

Flight International ma’lumotiga ko‘ra, 2015 yil holati bo‘yicha jahon mamlakatlarining harbiy havo kuchlari 52,1 ming samolyot va vertolyotdan iborat. Eng yuqori o‘nlikka kirmagan barcha davlatlar hissasiga 22,43 ming uchish apparatlari, ya’ni umumiy miqdorning 43 foizi to‘g‘ri keladi.

Ro‘yxatda AQSh yetakchilik qiladi. AQShda 13,7 ming harbiy uchish apparatlari bo‘lib, jahonning 26 foiz harbiy samolyot va vertolyotlariga egalik qiladi. Ikkinchi o‘rinni esa Rossiya egallagan. Rus armiyasi tasarrufida 3,55 ming (jahonning 7 foizi) uchuvchi apparat mavjud. Kuchli uchlikdan 2,94 ming (6 foiz) uchish apparatlari bilan Xitoy ham o‘rin olgan. Ro‘yxatga diqqat qaratilsa, harbiy-texnologik jihatdan rivojlangan, aksariyati o‘z harbiy sanoatiga ega mamlakatlarni o‘z ichiga olgan.

Ko‘p sonli harbiy uchish apparatlariga ega davlatlar ro‘yxatida Hindiston (2,09 ming apparat, 4 foiz), Yaponiya (1,6 ming, 3 foiz), Janubiy Koreya (1,43 ming, 3 foiz), Fransiya (1,28 ming, 2 foiz), Misr (1,13 ming, 2 foiz), Turkiya (mingdan ortiq, 2 foiz) va KXDR (950, 2 foiz) bor.