Mangu.uz innovatsiyasi moliyaviy piramidani yoqlamaydi

  •   DiMaX
  •  2189
  •  21.05.2018 13:13

Mangu.uz innovatsiyasi moliyaviy piramidani yoqlamaydi

Foydalanuvchilarimiz fikricha 2018 yilning eng shov-shuvli loyihasi bo‘lishi kutilayotgan Mangu.uz platformasiga boshqa kuzatuvchilar tomonidan juda ko‘p berilayotgan bir savolga bugun javob berishga harakat qilamiz.

Savol: Xaridor ko‘paygani sari aksiyalaringiz narxining sun’iy ko‘tarilib borishi moliyaviy piramida emasmi? Loyiha marketingini izohlab bering.

Javob: Iqtisodiyotda o‘z narxidan tushirib sotish atamasi bor. Bu usul mahsulotning dastlab zararga ishlasa ham, raqobat muhitida bozorga kirib borib o‘z o‘rnini, o‘z xaridorlarini topishi uchun qo‘llaniladi. Biz esa bu atamani hali yurtimiz internet bozori uchun yangilik hisoblangan mahsulot – piksel shaklidagi Mangu aksiya-valyutalariga nisbatan qo‘lladik. «Xo‘sh, arzon sotilayotgan bo‘lsa pikselning asl narxi necha pul unda?! Jahon internet bozorida piksellar avval ham sotilganmi?!» dersiz.

Albatta. 2005 yili Buyuk Britaniyalik talaba Aleks Tyu virtual sahifa yaratib, unda piksellarning har birini 1$ dan va kamida 400 piksel sotib olish sharti bilan, faqat reklama uchun joy sifatida sotadi. Noodatiy g‘oya qisqa muddatda ommalashib, barcha piksellar tez sotilib ketadi va jarayon nihoyalanadi.

Ushbu g‘oyadan ilhom olib, kriptavalyuta unsurlari bilan boyitilgan Mangu.uz kristavalyuta piksellari esa nafaqat reklama uchun joy, balki elektron hamyon sifatida muomalaga kiritilib, undagi piksellar doim «jonli» harakatda bo‘ladi. O‘zbekistonda milliy elektron hamyon tashkil etish yo‘lida qo‘yilgan ushbu ilk qadam 5 yillik strategiyani o‘z ichiga olgan bo‘lib, narx nafaqat xaridorlar soni ko‘payishi, balki asosan platforma takomillashib borishi, hamkor tarmoqlar ortishiga ko‘ra o‘zgarib boradi.

Mangu.uz moliyaviy piramidaning asosi bo‘lgan refalniy tizimni yoqlamaydi. Ya’ni, Mangu a’zolari platformaga boshqa a’zolarni olib kelishi orqali mablag‘ ishlab topish tizimiga qurilmagan. Agar kimnidir Mangu aksiya-valyutasini sotib olishga undasangiz, siz umumplatforma manfaatlariga xizmat qilgan bo‘lasiz, lekin buning uchun sizga bonus berilmaydi.

Mangu.uz piksellari reklama uchun joy sifatida sotilishidan boshlab, tom ma’nodagi milliy elektron valyuta darajasiga yetgunicha o‘zgarib boruvchi aksiya narxi tafovutlarida ishtrok etgan investorlar esa uzoq muddatli loyihaga birinchilardan bo‘lib mablag‘ kiritganlari hisobiga 1 Mangu kursi deylik 10 barobar ko‘tarilganida sotiladigan narx hisobiga foyda ko‘radilar. Bu esa, albatta, platformaning qancha tez rivojlanishiga bog‘liq. Aytish kerakki, bonusli imkoniyatlar qo‘shilib, plastik kartangizdagi mablag‘laringizga chin ma’noda baraka kirgach, ko‘pchilik Mangu aksiya-valyutalarini sotishni ham istamay qoladi. Shu yuzasidan narx oshib boradi.

Ya’ni, Mangu.uz mobil ilovalari, bir-biriga piksel o‘tkazish imkoniyati, nol foizlik tranzaksiyani qamrab olishi kabi kutilayotgan imkoniyatlari bilan 1 piksel narxini 10 ming so‘mdan boshlab, kamida yuz ta piksel olish majburiyatini qo‘ymay, qadamni oddiy boshladi. Aksiyaning nominal narxi atigi 1000 so‘mdan sodda summada ifodalandi. Chunki Mangu kelgusida yirik investorlarning moliyaviy o‘yini emas, 1 piksel sotib olib bo‘lsa ham Mangu kelajagiga ishonch bildirgan xalqimizning sevimli tizimiga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Mangu.uz loyihasi bilan batafsil tanishib chiqqach, sizda ham undan foydalanish tartibi yoki g‘oyaviy maqsadlari yuzasidan qandaydir savol, murojaat yoki takliflar paydo bo‘lsa, istalgan paytda Telegram messenjeri orqali @innovatsion_birja manziliga yoki [email protected] pochtasiga maktub yuborishingiz, shuningdek, +99871 245-52-90 yoki +99897 343-08-88 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish orqali javob olishingiz mumkin.

Har qanday shaxsiy fikr biz uchun juda muhim va uni hurmat qilamiz.

O‘QING: «Mangu» pikcyellari: kriptovalyuta emas, balki milliy kristavalyuta!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!