Mark muhim sabab bilan Facebook'ni 2 oyga tark etadi

Mark muhim sabab bilan Facebook'ni 2 oyga tark etadi

Facebook asoschisi Mark Zukerberg o‘zining tarmoqdagi sahifasida ikkinchi qizi dunyoga kelishi munosabati bilan otalik ta’tiliga chiqayotganini ma’lum qilgan.

Markning qayd etishicha, turmush o‘rtog‘i Prissilla tez orada yangi farzandni dunyoga keltirishi, Mark bu vaziyatda vaqtini oilasiga bag‘ishlashi lozimligini ta’kidlagan.

"Maksima tug‘ilganida men 2 oylik dekret ta’tiliga chiqqan edim. Men qizim tug‘ilgan ilk oyda vaqtimni unga sarflaganimdan doimo mamnun bo‘laman", - deydi Zukerberg.

Bu gal Mark 2 oylik ta’tilni reja qilgan. Facebook asoschisi yangi qizaloq dunyoga kelganida hamda dekabr oyida vaqtini oila davrasida o‘tkazishni reja qilyapti.

Zukerberg, shuningdek, Facebook o‘zidagi erkak xodimlarga farzand ko‘rishlari munosabati bilan 4 oylik ta’til berishini, bu ta’tilning  oiladagi ijobiy muhit va mustahkam munosabatlar uchun xizmat qilishi isbotini topganini eslatgan.

"Umid qilamanki, qaytganimda ofis hali ham o‘z o‘rnida turgan bo‘ladi", - deb yozadi Zukerberg hazilomuz ohangda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.