Markaziy bank raisi virtual qabulxona ochdi

Markaziy bank raisi virtual qabulxona ochdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti yangi qulaylikni taqdim etdi. “Cbu.uz” portali orqali endi yuridik va jismoniy shaxslar Markaziy bank raisiga murojaat yo‘llashlari mumkin.

22 noyabrda Markaziy bank raisining virtual qabulxonasi ishga tushirilganligi haqida xabar qilindi. Virtual qabulxona O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolarning murojaatlarini uzluksiz ravishda qabul qiladi.

Bundan tashqari, Markaziy bankda ishonch telefoni faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Ariza, taklif va shikoyatlar 200-00-44 raqami orqali qabul qilinadi. Bu raqamga Respublikaning istalgan hududidan qo‘ng‘iroq qilish bepul taqdim etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi, rais o‘rinbosarlari, departamentlar va mustaqil boshqarmalar rahbarlari har kuni soat 08:00 dan 11:00 gacha jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishlari haqida xabar qilinmoqda. Qabulga yozilish borasida 212-62-05 raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Aytish kerak, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Ishonch telefoni”ga qilingan murojaatlar og‘zaki murojaat sifatida ko‘rib chiqilib, uning natijasi borasida muallifga ma’lum qilinadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.