Markaziy osiyoda ilk bora GIST startap treningi

Markaziy osiyoda ilk bora GIST startap treningi

Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Venture Well (AQSh) kompaniyasi va C.A.T.Science Accelerator (Ilg‘or texnologiyalar markazi) tomonidan AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda ilk bora 13-16 noyabr kunlari ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liq yosh startap kompaniyalari uchun Ilm-fan va texnologiyalar orqali global innovatsiyalar (GIST) Hududiy startap treningi o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbir tadbirkorlarning novatorlik imkoniyatlarini kengaytirish, yangi startaplar yaratish, hududning biznes ekotizimini mustahkamlashga qaratilgan. Dasturda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistondan 25 ta startap-jamoalar ishtirok etadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki,2011 yildan GISTtomonidan butun dunyodan 27 million nafar innovatorlar va tadbirkorlarni jalb qilgan holda 8400 startapchilarga ta’lim berildi, natijada 220 million AQSh dollari o‘zlashtirildi.

Toshkentda o‘tkazilayotgan treningga tadbirkorlik, venchur investitsiyalar, innovatsion menejment sohasidagi AQShlik mutaxassislar spiker va trenerlar sifatida jalb etilgan. Ishtirokchilar 4 kun mobaynida o‘z biznes g‘oyalarini charxlaydilar, shuningdek ularni investorlar, yuqori malakali mutaxassislar va biznes sohasining yetakchilariga taqdim etish imkoniga ega bo‘ladilar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.