Mark Sukerberg xonadoni uchun sun’iy idrok tizimi yaratmoqchi

Mark Sukerberg xonadoni uchun sun’iy idrok tizimi yaratmoqchi

Facebook rahbari, yaqinda ota bo‘lgan Mark Sukerberg “aqlli uy” uchun maxsus operatsion tizim ishlab chiqish rejasini bildirdi. Sukerberg aytishicha, ijtimoiy tarmoq doirasidan tashqariga chiqib yangi ixtiro ustida ishlashni anchadan beri istaydi.

“2016 yilda o‘z oldimga qo‘ygan maqsadim uy yumushlarini boshqarishda va ishda yordam beradigan sun’iy idrok yaratish. Ishni bu borada qanday yangi texnologiyalar borligini o‘rganishdan boshlayman. Keyin operatsion tizimni ovozimni ilg‘ashga o‘rgataman, undan so‘ng uy harorati, chiroq, musiqa va boshqa narsalarni idora etishim mumkin bo‘ladi”, deydi Sukerberg.

Undan tashqari yosh milliarderning do‘stlari tashrif buyurganida, sun’iy idrok ularning yuzini skanerlab eshikni o‘zi ochadi.

Markning ijtimoiy tarmoqdagi bu posti 400 mingdan ortiq “yoqdi”, 20 ming qayta e’lon qilishlar bilan qarshi olindi.