Masofadan turib ishlash kamchiqim va unumdorligi ma’lum bo‘ldi

Masofadan turib ishlash kamchiqim va unumdorligi ma’lum bo‘ldi

Regus kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijasida masofadan turib ishlashning sarf-xarajatlari kamligi va unumdorligi aniqlandi. Ko‘plab tadbirkorlar xodimlariga shunday shart-sharoitni tashkil etib ofis ijara haqi va yonilg‘ini tejaydilar.

Bu holatni o‘rganish uchun turli mamlakatlardan 44 ming tadbirkor ishtirokida so‘rov o‘tkazildi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, masofadan turib va qat’iy bo‘lmagan ish grafigi asosida mehnat qilganda mahsuldorlik oshadi, xarajat kamayadi. Surishtirilganlarning 70 foizi nostandart ish grafigidan qoniqishini bildirdi. Hattoki, ayrim ish beruvchilar mazkur qulaylikdan korxonaga yangi xodimni jalb etish uchun foydalanadi.