MasterCard selfi orqali to‘lovlarni tasdiqlash funksiyasini ishga tushirdi

MasterCard selfi orqali to‘lovlarni tasdiqlash funksiyasini ishga tushirdi

Bank va kredit kartalari amaliyotlarini bajaradigan jahondagi yirik kompaniyalardan biri MasterCard bugun Identity Check Mobile ilovasini ishga tushirdi. Ilova servis foydalanuvchilariga to‘lovlarni selfi yordamida tasdiqlash imkoniyatini beradi. Financial Times bergan axborotga ko‘ra, mazkur xizmat tez orada dunyoning 12 ta mamlakatida ishga tushiriladi.

Endilikda Identity Check Mobile ilovasi orqali MasterCard mijozlari xaridlar uchun to‘lovlarni  PIN-kod, parol yoki tasdiq kodlari bilan emas, balki selfi surat bilan amalga oshiradilar. Ilovaning beta-versiyasi AQSh, Kanada va Niderlandiyada sinovdan o‘tkazilgan. 2017 yilga kelib mazkur opsiya dunyoning barcha mamlakatlarida ishlashi kutilmoqda.

MasterCard Inc. jahondagi eng yirik to‘lov tizimlaridan birining operatori hisoblanadi. Shtab-kvartirasi Nyu-York shahrida joylashgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!