Mate 10'ning arzon — "Lite" talqini taqdim qilindi

Mate 10'ning arzon —

Huawei kompaniyasi poyoniga yetayotgan haftada Myunxenda Mate 10 turkumiga kiruvchi flagmanlarini taqdim qilgan edi. Garchi, kutilgan bo‘lsa ham, mazkur namoyishda bu flagmanlarning arzon talqini bo‘lgan Huawei Mate 10 Lite negadir taqdim qilinmadi.

Huawei kompaniyasi kuni kecha Mate 10 Lite modelini ortiqcha shovqin-suronlarsiz taqdim qildi.

Smartfon o‘lchamlari: 156,2 x 75,2 x 7,5 mm, vazni — 164 gramm.

Huawei Mate 10 Lite 5,9 dyuymli displeyga ega bo‘lgan. Undagi piksellar sig‘imi flagmanlar kabi Quad HD sig‘imli, ya’ni 2160x1080 ta belgini tashkil qiladi. Ya’ni, Full HD+.

Smartfondagi bosh kamera 16 Mp va 2 Mp sig‘imli sensorlari birikmasidan iborat bo‘lgan. Bosh kameraga esa 16 Mp va 2 Mp sig‘imli ob’yektivlar tanlangan.

Devays orqa panelida barmoq izlari skaneri joylashtirilgan. Huawei Mate 10 Lite Android 7.0 Nougat tizimida ishlaydi.
Gadjetning akkumulyatori 3340 mA soat tokni jamlay oladi.

To‘liq metall korpusli Huawei Mate 10 Lite samaradorligi uchun 8 yadroli Kirin 659 protsessori mas’ul. Bu chipning chastota tezligi 2,3 GGs. Undagi tezkor xotira 4 gigabaytli, doimiy xotira 64 gigabaytli. Doimiy xotirani microSD orqali 256 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

Yuqori talqindagi selfi kamera uchun bitta sensor tanlangan bo‘lsa, Huawei Mate 10 Lite old kamerasi 13 Mp va 2 Mp aniqligidagi modullarga ega bo‘lgan.

Huawei Mate 10 Lite Yevropa smartfon bozorida $470 AQSh dollaridan sotiladi. Eng qizig‘i, xuddi shu model bosh nom bilan turli bozorlarda allaqachon sotuvga chiqarilgan. Misol uchun, Maimang 6, Malayziyada Nova 2i, Hindistonda Honor 9i nomlari bilan sotilmoqda. Xitoyda Maimang 6 $364 dollardan savdoga chiqarilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!