Maykl Jeksonning boshqalar uddalay olmaydigan harakatlari olimlarni qiziqtirmoqda

  •   Saroy
  •  2374
  •  02.08.2018 16:28

Maykl Jeksonning boshqalar uddalay olmaydigan harakatlari olimlarni qiziqtirmoqda

Neyroxirurglar Maykl Jeksonning 1987 yilda ilk bor namoyish etilgan «Smooth Criminal» qo‘shig‘iga olingan klipdagi enkayishi tortish qonuniga zid ekanini o‘rganishmoqda.  Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, qo‘shimcha moslamalarsiz hatto mashq qilgan odam ham bunday harakatni amalga oshira olmaydi, ammo mashhur qo‘shiqchi buni qanday uddaladi ekan?

Tadqiqotga «Qanday qilib Maykl Jekson umirtqa biomexanikasi qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan raqs harakatlarini bajaradi?» deb nom berilgan va u  Journal of Neurosurgery: Spine jurnalida e’lon qilingan.

Maykl Djekson — insoniyat tarixidagi eng muvaffaqiyatli musiqa ijrochisi hisoblanadi. Biroq u nafaqat dunyo zallarini  muxlislarga  to‘ldirdi, balki butun musiqa industriyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.   Chunki, u dunyoda birinchi bo‘lib musiqiy kliplarni suratga olishni boshlab bergan. Kliplari mini-filmlar sifatida o‘zining syujetlari, vizual effektlari hamda xoreografiyalariga ega edi. Uning eng mashhur  «Smooth Criminal» qo‘shig‘i klipida Jekson tanasi bilan tik turgancha 45 darajagacha egilish usulini qo‘llaydi. Insonning bunday harakat qilishga qobiliyati yo‘q.

Uch nafar hindistonlik neyroxirurg  — Maykl Jekson san’atining shaydolari ushbu raqs harakatlarini o‘zlarining kasbi nuqtai-nazaridan o‘rganishga harakat qilib ko‘rishmoqda. Ularning ta’kidlashicha oddiy odam ko‘pi bilan 20 daraja burchakda egila oladi, mashq qilganlar uchun esa bu ko‘rsatkich 25-30 darajaga yetishi mumkin. So‘ngra ular ushbu raqs elementi aslida qanday bajarilganini tushuntirishga harakat qiladi.  Jekson patentlashtirilgan o‘ziga xos konstruksiyali tavonga ega botinkadan foydalangan. Botinka tavoni sahna yuzasidagi biror narsagami ushlanib tursa kerak— odatda u mix bo‘ladi. Shunga qaramay, hatto shunday ayyorlikni qo‘llash yo‘li bilan ham odam 45 darajagacha egila olmaydi, chunki unga tanani ushlab turish uchun muskul kuchi va tavondan oyoq tepasigacha pay mustahkamligi kamlik qiladi.

Ayrim mualliflarning yozishicha, Jekson tufayli unga taqlid qiluvchi raqqoslarning aksariyatida yangicha jarohatlar paydo bo‘lgan. Jumladan, vrachlar pay va yelkaning cho‘zilishi bilan bog‘liq hodisalarni tez-tez qayd etadigan bo‘lishmoqda. «Maykl Jekson raqqosalarni o‘zini o‘zi yengib o‘tishga ilhomlantirmoqda, — deya izoh beradi avtorlarning biri  Manjul Tripati. — Tamoshabinlarni zavqlantiraman deb, amalga oshiriladigan bunday tryuklar aslida yangicha jarohatlarni keltirib chiqarmoqda.

Xullas, pop-musiqa qiroli o‘z raqslari bilan boshqalarni nafaqat ilhomlantirmoqda, balki tibbiy hamjamiyat uchun yangi vazifalarni ham ko‘ndalang qo‘ymoqda».

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!