MDC Prime Lite – O‘zbekistondagi eng hamyonbop qo‘sh kamerali smartfon

  •   DiMaX
  •  5841
  •  17.04.2018 16:48

MDC Prime Lite – O‘zbekistondagi eng hamyonbop qo‘sh kamerali smartfon

Smartfonlar vaqt o‘tgan sari mukammallashib bormoqda, ayniqsa, ularni bir emas, bir nechta kameralar bilan jihozlash qandaydir poygaga aylanmoqda. Lekin ko‘p hollarda qo‘shaloq kameralar bilan jihozlangan telefonlarning narxi kutilganidan ancha qimmatroq; istagan iste’molchining bunday smartfonlarni sotib olishga cho‘ntagi bardosh beravermaydi...

O‘QING: Bozorlarimizdagi arzon smartfonlarning narxlari va xususiyatlarini solishtiramiz

Xullas, biz aynan mana shu sababni inobatga olib, O‘zbekistondagi eng hamyonbop qo‘sh kamerali smartfon haqida yozishga qaror qildik. Buni qarangki, bunday smartfonni yurtimiz bozoriga yaqinda kirib kelgan MDC kompaniyasi sotuvga chiqargan ekan. Smartfonning narxi 810 ming so‘m atrofida!!! Noyob dizaynga ega bo‘lgan MDC Prime Lite smartfoniga naq 3 ta kamera o‘rnatilgan: 2 ta asosiy va 1 ta selfi-kamera!

Qo‘shaloq asosiy kameraning aniqligi 13 + 0.3 Mp, bunda ikkinchi kamera telefon orqali boke effektini hosil qilish (orqa fonni chaplash) uchun xizmat qiladi. MDC kompaniyasi ushbu modelga Samsung ISOCELL kamera modulini o‘rnatgan bo‘lib, bu texnologiya piksellarning o‘zaro chaplanib ketishini 30 foizga kamaytiradi va boshqa CMOS BSI sensorlarga qaraganda rang to‘yinishini 30 foizga oshiradi, shu tufayli u orqali olingan rasmlarning sifati boshqalarga qaraganda yaxshiroq chiqadi.

Yana bu modulga yangi RWB (Red-White-Blue) rang filtri ham qo‘llanilgan, bu esa kam yoritilgan sharoitda suratga olganda signal/shovqin nisbatini 3 dBga kuchaytiradi.

Kamera aperturasi f/2.2 ga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkich modulga ko‘proq yorug‘lik o‘tishini ta’minlaydi va natijada rasmlarning o‘tkirligini kuchaytiradi. Namoyish burchagi 90 gradus.

Asosiy kamerada tasvirdagi dinamik diapazonni yaxshilashga yordam beradigan HDR rejimi ko‘zda tutilgan. Ob’yektlar ortidagi yoki atrofidagi fonni chaplashga Blur rejimi, yanada chiroyli portretlarni suratga olishga esa Beauty rejimi yordam beradi. Shuningdek, tungi s’yomka uchun Night, hajmli fotolar uchun Panorama va foydalanuvchilar uchun Pro rejimi ham bor!

O‘QING: MDC Uzbekistan kompaniyasi Blogerlar chempionati uchun maxsus sovrin ajratdi

Qo‘sh asosiy kameradan videoni HD formatida soniyasiga 30 kadr bilan yozish mumkin.

Endi foydalanuvchi uchun korpusning kutilmagan yerida joylashgan old kamera haqida gaplashsak. MDC Prime Lite smartfonida old kamera korpusning pastki qismida, ekranning chap ostiga joylangan. Ekranni imkoni boricha romsiz shaklga keltirish va cheksizlik effektini hosil qilish uchun aynan mana shunday yo‘l tutilgan. Old kamera ham Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan sensor qo‘yilgan, aniqligi 8 megapikselli. Insof bilan aytish kerak, bunday hamyonbop narxdagi smartfon uchun bu ancha yaxshi ko‘rsatkich. Unda ham bir qator suratga olish rejimlaridan foydalanish mumkin. Video yozish sifati 640x480 pikselni tashkil etadi.

 

Xulosa o‘rnida gapiradigan bo‘lsak, MDC Prime Lite o‘z narxi uchun juda g‘aroyib va arzirli smartfon! Uning kameralaridan tashqari boshqa xususiyatlari ham yomon emas (metall ramka, 5.2 dyuymli HD-ekran, 4 yadroli protsessor, 2/16 GB xotira). Eng qizig‘i, MDC o‘z smartfonlari uchun 1 yillik bepul kafolat xizmatini ham yo‘lga qo‘ygan.

Quyidagi sara suratlar ayni shu MDC Prime Lite smartfonining qoyilmaqom qo‘shaloq kamerasi orqali olingan:

Batafsil ma’lumot uchun telefon: +99871 203-33-00

 

Ushbu modelni, shuningdek, olcha.uz internet do‘konidan ham xarid qilishingiz mumkin. Yetkazib berish O‘zbekiston bo‘yicha butunlay bepul!

 

O‘QING: YouTube-kanalimizga qo‘shiling – MDC Prime Lite videotavsifi joylandi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!