MDC Uzbekistan kompaniyasi Blogerlar chempionati uchun maxsus sovrin ajratdi

  •   DiMaX
  •  2086
  •  13.04.2018 13:30

MDC Uzbekistan kompaniyasi Blogerlar chempionati uchun maxsus sovrin ajratdi

Smartfonlar ishlab chiqaradigan MDC brendi Blogerlar chempionati uchun «Hamyonbop smartfonlar haqidagi eng yaxshi tavsif-blogpost» nominatsiyasini joriy qildi.

Hozirgi kunga kelib jahonda mobil texnologiyalarga bo‘lgan talab shiddat bilan o‘sib bormoqda. Shunday yuqori talabni hisobga olgan holda, ko‘plab texnologik kompaniyalar iste’molchilarga ma’qul texnik xususiyatlarga ega hamyonbop qurilmalarni ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday yondashuv mobil texnologiyalar sohasida ko‘plab trendlarni yuzaga keltirmoqda.

O‘QING: Bozorlarimizdagi arzon smartfonlarning narxlari va xususiyatlarini solishtiramiz

«Hamyonbop smartfonlar haqidagi eng yaxshi tavsif-blogpost» nominatsiyasi uchun chempionat ishtirokchilaridan ayni kunda taqdim etilgan yoki etilayotgan yaxshi texnik parametrlar bilan ta’minlangan hamyonbop (!) smartfon(lar) to‘g‘risida yozilgan tahliliy yoritilgan matnli tavsiflar (ichida foto, video, grafika elementlari bilan) shaklidagi materiallar qabul qilinadi. Tavsifda smartfonning xususiyatlari batafsil va taqqosan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Materialning sifati va bayon usuliga alohida e’tibor beriladi.

Nominatsiya g‘olibi axborot texnologiyalarini o‘zbek tilida yoritib kelayotgan taniqli «Terabayt.uz» nashri tahririyati tomonidan aniqlanadi. Mazkur nominatsiya bo‘yicha Blogerlar chempionati ishtirokchilari orasidan bir nafar g‘olib bo‘lishi mumkin. Nominatsiya g‘olibi qo‘shaloq kamera va HD-ekran bilan jihozlangan, noodatiy dizayndagi MDC Prime Lite smartfoni bilan taqdirlanadi.

O‘QING: YouTube-kanalimizga qo‘shiling – MDC Prime Lite videotavsifi joylandi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!