MDHning umumiy intellektual mulk bozori tashkil etilmoqda

MDHning umumiy intellektual mulk bozori tashkil etilmoqda

Prezidentning 14 noyabrdagi PQ–4016-son qarori bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Bu haqda "norma.uz" xabar bermoqda. 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14 noyabrdan kuchga kirgan.

Bitimga ko‘ra, intellektual mulk agentligi bitim doirasida O‘zbekistonning markaziy vakolatli organi etib belgilangan. Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligi ham xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan o‘zlariga taalluqli qismi bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.

Ishtirokchilar hamkorlikni rivojlantirishga ahdlashib olgan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardir: sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, intellektual mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlar qiymatini baholash tizimlarini rivojlantirish va ularni boshqarish, shuningdek huquqlarni tijoratlashtirish davlatlararo mexanizmlarini ishga solish.

Bitim taraflarining birgalikdagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Intellektual mulkni huquqiy jihatdan himoya qilish masalalari bo‘yicha davlatlararo kengash tashkil etildi.

O‘KING: 2021 yilgacha O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot faoliyatlari uchun davlat mablag‘lari oshiriladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.