Meizu 16 smartfonida olingan surat namunasi tarmoqlarda namoyish etildi

  •   Saroy
  •  893
  •  18.07.2018 17:18

Meizu 16 smartfonida olingan surat namunasi tarmoqlarda namoyish etildi

Meizu Bosh direktori Xuan Chjan (Huang Zhang) muxlislarini yangi flagman  Meizu 16 smartfoni haqidagi tafsilotlardan  tez-tez xabardor qilib turadi. Bu safar esa CEO ushbu yangi apparat kamerasi orqali olingan suratni e’lon qildi.

Chjanning aytishicha, ushbu surat oilasi bilan ta’tilda vaqtida Meizu 16 flagmanida olingan. Tasvirda maqtasa arzigulik fotografiya chiqqanligi ko‘rinib  turibdi. Yorug‘lik yuqori darajada.

O‘QING:Meizu 15 Plus: musiqiy flagman sotuvga chiqmoqda

Eslatib o‘tamiz, yangi qurilma ikki modelda  chiqishi kerak: Meizu 16 va Meizu 16 Plus. Oddiy smartfon Snapdragon 710 chipi va 6.1-6.3 dyuymli displeyga ega bo‘ladi.  Plus-versiyasi esa  AMOLED-ekrani va 6.5-dyuymli top protsessor Snapdragon 845, ekran ostida barmoq izlari skaneri hamda katta ehtimolga ko‘ra NFC-chipi bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari, ikkala qurilma ham asosiy qo‘sh kameraga, quloqchin uchun tirqishga hamda  6/8 GB OZU va 128 GB PZU ‘ga ega bo‘lishi kerak.

O‘QING:MEIZU Flyme: smartfonlarning yangi funksiyasi bilan tanishing

Dastlabki gap so‘zlarga qaraganda yangi apparatlarning taqdimoti 16 avgustga belgilangan. Narxlari taxminan 450-600 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.