Meizu 16X: endi Qualcomm Snapdragon 710 protsessorida ishlaydi

  •   Saroy
  •  1113
  •  07.08.2018 16:26

Meizu 16X: endi  Qualcomm Snapdragon 710 protsessorida ishlaydi

Meizu kompaniyasining ijro direktori Djek Vong bo‘lajak  Meizu 16 va Meizu 16 Plus flagmanlari haqida axborot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya ikkita emas. Uchta smartfon chiqarishga tayyorlanmoqda. Oxirgi model Meizu 16X nomi bilan ataladi.

Kompaniya rahbari yangi qurilma haqida ko‘p ma’lumot bermagan. Meizu 16X yangi Qualcomm Snapdragon 710 protsessori, ekranostida barmoq izlari skaneri bilan ta’minlanadi. Uning tashqi ko‘rinishi ham kam  o‘zgargan. Yangi apparatning narxi va boshqa tavsiflari haqida hozircha hech narsa deyilmagan. Ammo u ham baribir Meizu 16 va Meizu 16 Plusga o‘xshab ketadi.

Meizu 16 va Meizu 16 Plus qimmat Snapdragon 845 bilan jihozlanadi. Xotira sig‘imlari haqida gapiradigan bo‘lsak, ular: 6 va 8 gigabayt tezkor va 64 yoki 128 gigabayt ichki. Meizu 16 6-dyuymli ekran bilan ta’minlangan, Plus-versiyaning ekrani diagonali esa 6.5 dyuymdan iborat. Unisida ham, bunisida ham tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan AMOLED-paneliga ega bo‘ladi.   Ekran ostida barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Asosiy qo‘sh kamera  12+20 megapikselli modul bo‘ladi. Old kamera 20-megapikselli. Meizu 16 ning mustaqil ishlashi uchun sig‘imi  2950 mAch bo‘lgan akkumulyator javob beradi. Avvalgi modelni sig‘imi 3570 mAch bo‘lgan  batareya bilan ta’minlashgan edi. Yangi qurilma  OS Android 8.1 Oreo nazoratida ishlaydi. Yangi seriyadagi  Meizu 16 ning anonsi 8 avgustga mo‘ljallangan

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!