Meizu 20 seriyasi qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi!

Meizu 20 seriyasi qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi!

Meizu kompaniyasi anchadan beri smartfonlar bozoriga o'zining Meizu 20 seriyasi bilan "qaytish" qilishi haqida mish-mish qilib kelinayotgan edi. Biroq, endi uzunquloq xabarlarga yakun yasaladigan sana aniq bo'ldi.

Meizu'ning Xitoydagi rasmiy veb-saytida Meizu 20 seriyasidagi juftlikning taqdimot sanasi yozilgan taklifnoma sahifasi paydo bo'ldi. Qolaversa, u yerda biz smartfonlarning rasmiy renderlarini ham ko'rishimiz mumkin: Tilla rangli Meizu 20 modeli orqa tomonida uchlik, kumush rangli Meizu 20 Pro esa to'rtlik kamera bilan jihozlangan. Ikkala smartfonlarning ham oxirgi kameralari LED chirog'ini o'z ichiga oladi.

Shuningdek, Meizu o'zining yangi smartfonlari Snapdragon 8 Gen 2 bilan jihozlanishini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, smartfonlar Flyme 10 operatsion tizimida ishlaydi va bu allaqachon ma'lum bo'lgan edi.

Meizu 20 smartfonlarining texnik xususiyatlari hali to'liq oshkor bo'lmadi, lekin biz hozircha Pro model 10 bit va 120 gerts yangilanish tezligidagi 1440p Samsung E6 LTPO AMOLED displey bilan birga 50 megapikselli (OIS) asosiy kamera, hamda, 50 Vt simsiz zaryadlanadigan 5000 mA/soat batareyaga ega bo'lishini bilamiz.

Meizu 20 seriyasi rasman 30-mart kuni Xitoyda taqdim qilinishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.