Meizu: 21 soniya ichida million dona Meizu M5 Note sotildi

Meizu: 21 soniya ichida million dona Meizu M5 Note sotildi

Bundan 2 hafta muqaddam Xitoyning Meizu kompaniyasi 6 dekabr kuni Meizu M5 Note modelini namoyish etishi haqida xabar bergan edik. Mazkur model to‘liq metall korpus, SoC Helio P1 protsessori, 3/4 GB operativ xotira va 64 GB doimiy xotira bilan jihozlagan. Smartfonning eng oddiy versiyasi uchun 130 dollar narx belgilangan.

Ushbu modelning birinchi partiyasi Jingdong (JD.com) onlayn-do‘konida kecha, 8 dekabr kuni sotuvga chiqarildi. Gizmo China saytida berilgan xabarga ko‘ra, xaridorlar tomonidan 21 soniya ichida million dona Meizu M5 Note smartfoni sotib olingan.

Avvalroq berilgan xabarga muvofiq, Meizu M5 Note sotuvga chiqishi bilan kompaniya Meizu M3 Note modelini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. O‘tgan sakkiz oy mobaynida jahon bo‘ylab 20 milliondan ortiq Meizu M3 Note sotildi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!