Meizu arzon plastik smartfon ustida ishlamoqda

Meizu arzon plastik smartfon ustida ishlamoqda

Xitoyning Weibo nomli mikroblogida Meizu kompaniyasining hali taqdim etilmagan M1611 modelidagi smartfonining suratlari e’lon qilindi. Bu borada Ukrainaning yirik Smartphone.ua nashrida xabar berilgan.

Suratdagi telefon plastik korpusda ishlangan va 2.5D oynasi bilan himoyalangan. Shunga qarab mutaxassislar yangi modelning arzon Blue Charm seriyasiga tegishli ekanini taxmin qilishmoqda.

  meizu_m4_wild_02

Yangi model 5 dyuymli Full HD ekran, 64-bitli sakkiz yadroli 1,8 GGs chastotada ishlaydigan MediaTek Helio P10 protsessori, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Qurilma sig‘imi 3000 mA/st bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi.

Hozircha Meizu M1611 modelining qachon taqdim etilishi ma’lum qilinmagan. Smartfon taxminan $134 narxida sotuvga chiqarilishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!