Meizu “Krasnodar” futbol klubi bilan hamkorlik qiladi

Meizu “Krasnodar” futbol klubi bilan hamkorlik qiladi

2016 yil, 19 – avguvst kuni Xitoyning Meizu kompaniyasi Rossiyaning “Krasnodar” futbol klubi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv shartlaridan biriga ko‘ra, Meizu logotipi klub o‘yinchilarining futbolkasida paydo bo‘ladi. Shuningdek,  klubga tegishli stadionga xitoylik brendning bannerlari o‘rnatiladi.

“Krasnodar” futbol klubi unchalik uzoq tarixga ega emas. Ammo o‘zining 8 yillik faoliyati davomida ijobiy natijalarni qayd qilib qelmoqda. Masalan, 2015-2016 mavsumining natijalariga ko‘ra, ushbu jamoa chempionatda 4-o‘rinni band etgan va Yevropa ligasida (“Zenit” va “Spartak” bilan birgalikda) Rossiya nomidan ishtirok etish  huquqini qo‘lga kiritgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!