MEIZU M6s: ko‘p narsa o‘zgarganidan xabaringiz bormi?

  •   Saroy
  •  866
  •  08.09.2018 10:43

MEIZU M6s: ko‘p narsa o‘zgarganidan xabaringiz bormi?

MEIZU M6s smartfoni uchun 7.0.1.0G indeks raqami bilan yangi proshivka chiqdi.

OTA bo‘yicha yangilanish yaqin kunlarda tarqatiladi, hozircha buni faqat qo‘lda amalga oshirish mumkin. Boshqa smartfonlar uchun yangilanish esa  tayyor bo‘lishiga qarab navbati bilan joriy qilinadi.

Eng muhimi, Flyme 7 — yaxshilarining ham yaxshisi. Mana ular:

  • One Min Vizual o‘zgarish sun’iy intellekt tizimi tufayli smartfonning ishlashi yanada yaxshilandi
  • Ilovalar belgilarining yangi dezayni, ajoyib uyg‘unlik, kuchaytirilgan va bosh animatsiya foydalanuvchiga mutlaqo yangi tajriba beradi.

One Mind tizimi

  • Yangi versiyada bir yo‘la bir nechta ilovadan foydalanishda ko‘p vaqt olmaydi. Bunga  defragmentatsiya va xotirani taqsimlash sabab bo‘lib, u sezilarli ravishda smartfon ishini qulay qiladi.
  • Mobil telefoni ilovani  qayta ishga tushirishdan keyinoq, normal faoliyatga qaytadi, buning uchun smartfonni qayta yuklash talab qilinmaydi.
  • Aqlli algoritm tanlangan ilova uchun xotirani bo‘shatadi. Tizim alohida fonli jarayonni to‘xtatadi va ilovani foydalanuvchining har kungi odatiga moslashtiradi.
  • Barmoq izlari bilan blokdan yechish, galereyani yangilash, videofayllarni qayta qo‘yish, mlovalarni ishga tushirish yoki yopish amallari tezlashtirilgan.
  • Qolgan xotira tizimi xotira sig‘imidan kelib chiqqan holda nazorat qilinadi. Bu bir yo‘la bir nechta ilovadan foydalanishda xotira yetishmovchiligini sezilarli ravishda kamaytiradi.
  • Tizim fonli ilovalarni turli parametrlarda tahlil qiladi.
  • Ko‘p miqdordagi sozlagichlari bilan retushning aqlli algoritmi yangilandi. Bu terining ahvolini va toifosini muvofiqlashtiradi, shu sababli har bir surat muvaffaqiyatli chiqadi.
  • Viruslarni aniqlash tezligi ham sezilarli ravishda kuchaytirilgan.
  • Tabiiy nurning moviy rangda bo‘lgani  ko‘z nurining zarar ko‘rishi darajasini paysaytiradi va o‘qish jarayonida ko‘zga tushadigan yukni kamaytiradi.
  • Yuzni tanishning ilg‘or algoritmi foydalanuvchining yuzi haqida ma’lumot yig‘a oladi. Tanish va blokdan yechishga atigi 0,1 soniya vaqt ketadi.
  • Endi alfavit tartibida har qanday ilovani tezda topib, ochsa bo‘ladi. Buning uchun ekranning o‘ng yoki chap qirrasida pastga yoki tepaga alfavit ko‘rsatkichini yurgizasiz.
  • WeChat  bo‘yicha videoqo‘ng‘iroq paytida ssenariyni intellektual aniqlash tizimi yuzni retush qiladi va siz har qanday sharoitda ham, ya’ni kutilmagan so‘ng‘iroqlar paytida ham chiroyli ko‘rinasiz
  • Yuzni aniqlagandan keyin avtofokus kamerasi ishga tushadi va kadrdagi yuzning  har bir tabassumini qabul qilib oladi.

    Yaxshilangan funksiyalar

    • Barmoq izlari bo‘yicha bolokdan yechish tezligi kuchaydi.
    • Ob-havo animatsiyasi to‘liq qayta ishlandi va endi ob-havo real tus olgan.
    • Interfeys turli funksiyalar toifasiga adaptatsiya qilindi. Sahifalarning yangilangan dzayni foydalanish qulayligini oshirdi.
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.