Meizu mx5 – «Malika»dagi eng qimmat Meizu  smartfoni

Meizu mx5 – «Malika»dagi eng qimmat Meizu  smartfoni

Xitoyda ommabop hisoblangan Meizu  smarftonlari orasida o‘z o‘rniga ega Meizu mx5 2015 yilning iyunida taqdim etilgan edi. Metall korpusga ega smartfonning old paneli Gorilla Glass 3 shishasi bilan qoplangan.

Piksel sig‘imi 1080x1920  belgi (Full HD) bo‘lgan, multitach texnologiyaga ega, Samsung’ning 5,5 dyuymli SuperAMOLED ekrani aniq va yorqin tasvir uzatish qobiliyati bilan ta’minlangan.

Meizu mx5

Smartfon 2,2 Ggs chastotada ishlaydigan, 8 yadroli,  64 bitli MediaTek Helio X10 protsessori, 3 GB sig‘imli operativ xotira hamda 16 GB sig‘imli doimiy ichki xotiraga ega. Shu bilan birga, smartfonda PowerVR G6200 grafik-tasvir protsessori ham mavjud.

Meizu mx5 Android 5.0 mobil operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Gadjetda mTouch barmoq izlari skaneri tatbiq qilingan.

Meizu mx5

Smartfon Sony’ning yorug‘lik kuchi f/2,2 bo‘lgan 20,7 Mp bosh kamerasidan foydalanadi. Bosh kamera lazerli fokuslash va qo‘sh fotochaqnoqqa ega. Unda 4k yuqori sifatli video tasvir yozish mumkin. Shuningdek, gadjet 5 Mp old kamera bilan ta’minlangan.

Meizu mx5 batareyasining elektr toki sig‘imi 3150 mA soat bo‘lib, tezkor quvvatlash texnologiyasi asosida u yarim soatda quvvatini 50 foizga to‘ldiradi. Ammo ba’zi tadqiqotlarda bu muddat 1 soatgacha ham cho‘zilgan.

Meizu mx5’da giroskop, tashqi yoritish datchigi, masofa-oraliq datchigi, Xoll datchigi, raqamli kompas kabi zamonaviy sensorlar joriy qilingan.

Meizu mx5

Smartfon o‘lchamlari: 149.9 x 74.7 x 7.6 mm, vazni 149 gramm.

2016 yilning 18 may holatida «Malika» savdo markazida Meizu mx5’ning 32 Gb doimiy xotiraga ega talqini 2,108,000 so‘mdan sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!