Meizu'ning yubiley smartfoni iPhone X'dan zo‘r!

Meizu'ning yubiley smartfoni iPhone X'dan zo‘r!

2017 yilning so‘nggi oylaridayoq Meizu kompaniyasi 2018 yilning birinchi yarim yilligida taqdim etish uchun kuchli smartfon taqdim tayyorlayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Meizu 15 Plus flagmani nihoyat, kuni kecha ilk marotaba ko‘rinish berdi: romdan xoli AMOLED-ekran hamda qo‘sh sensorli bosh kamerasi bilan bu model diqqatni tortmoqda.

Xitoylik flagmanning surat olishda "olma" korporatsiyasining iPhone X flagmanini ortda qoldirishi kutilmoqda.

Insayderlarning ma’lum qilishlaricha, Meizu 15 Plus smartfonining rasmiy taqdimoti 2018 yilning mart oyida bo‘lib o‘tadi.

Smartfon dizayni g‘oyatda jozibador, uning old panelida yon tomon va quyi qismidagi rom va hoshiyalari yo‘q. Faqat yuqori qismida kamera va sensor uchun maxsus joy va hoshiyaga guvoh bo‘lish mumkin. Natijada, iPhone X flagmanidan farqli ravishda, foydalanuvchi uchun displeyda axborot-ma’lumot yaxlit ko‘rinishda namoyish etiladi.

Meizu 15 Plus surat olishda iPhone X smartfonidan ham ilg‘or bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bejizga emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, "aqlli neyron" tizimiga ega Qualcomm Snapdragon 845 bu borada flagmanlarga yuqori imkoniyatni taqdim etadi.

Shu bilan birga, romsiz displey orqali maxsus dasturiy ta’minot yordamida yuz-qiyofani skaner qilish mumkin bo‘ladi. Metall korpusli smartfonning orqa panelida barmoq izi moduli ham bo‘ladi.

Hozircha taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Meizu 15 Plus modeli 5,8 dyuymli, 2880 ga 1440 pikselli (QHD+) AMOLED-ekranga, 8 yadroli va 2,8 GGs chastota tezligida ishlaydigan Qualcomm Snapdragon 845 protsessoriga, 6/8 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira, USB Type-C universal porti, Bluetooth 5.0, Wi-Fi 802.11ad hamda NFC modullariga ega bo‘ladi.

Internet tarmog‘ida tarqalgan suratlarga asoslanadigan bo‘lsak, u tashqi ko‘rinishidan iPhone X'ga qaraganda jozibador va serhasham.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.