Meizu Note 8: flagman shu oyda namoyish etiladi

  •   Saroy
  •  395
  •  18.10.2018 11:32

Meizu Note 8: flagman shu oyda namoyish etiladi

Meizu bir yildan ko‘proq vaqt mobaynida Note lineykasida yangi smartfon chiqarmay kelayotgandi. Mana nihoyat kompaniya yangi Meizu Note 8 flagmanining tizerini joylashtirishni boshladi. Yangi smartfonlar shu yilning 25 oktyabrida omma e’tiboriga havola etiladi. Prezentatsiya  Beijing Performing Acts Center’da bo‘lib o‘tadi, deyiladi mazkur xabarda.

O‘QING:Meizu’ning noma’lum yangi smartfoni testdan o‘tdi

Meizu o‘zining yangi qurilmasini «National Optical Technology Expert»  deb atadi. Uning birinchi harflari  «Note» ma’nosini anglatadi. Bu yangi flagman displeyiga optik barmoq izlari skaneri o‘rnatilganiga ishoradir. Bunday tizim avval chiqqan Meizu 16 telefonlarida ham bor edi.U ma’lum ma’noda yuqoritexnologiyali  funksiya hisoblanadi.

Shunday qilib, oktyabrda oxirida yangi flagman smartfon dunyo yuzini ko‘rmoqda. Darvoqe, «optical» («optikali») so‘zi ushbu flagmanning kamera linzasiga ham ishora bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham gap Meizu Note 8 apparatining o‘ziga xosligi, ya’ni xay-end-klass toifasiga mansubligi haqida ketmoqda.

O‘QING:Meizu X8 kompaniyaning ekranda qirqmasi bor ilk smartfoni bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!