Meizu o'z muxlislari bilan yaratilgan yangi smartfon dizaynlarini namoyish qildi

Meizu o'z muxlislari bilan yaratilgan yangi smartfon dizaynlarini namoyish qildi

Joriy yil boshida Meizu o'z muxlislariga Meizu 19 seriyasining ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish imkonini beradigan loyihani ishga tushirgan edi. Bugunga kelib, ushbu loyiha o'zining ilk mevasini berdi va kompaniya muxlislar bilan yaratilgan Meizu 19 dizaynlarini ulashdi.

Ma'lum bo'lishicha, ulashilgan suratlarning birinchisi Meizu 19 Pro uchun konsept dizayn bo'lib, u uchlik kameraga ega. Shuningdek, suratda yangi flagmanning ichki qismlari ham ko'rsatilgan.

Ikkinchi suratda esa, smartfon to'rtta kameraga ega va u Xiaomi 12 smartfonlari kamerasining yon tomogan yotqizib qo'yilgandagi holatiga o'xshaydi.

Uchinchi konsept dizayn esa mutlaqo o'zgacha: smartfon bitta katta kamera bilan jihozlangan.

Ma'lum bo'lishicha, smartfonlarning nafaqat tashqi ko'rinishi muxlislar fikriga ko'ra yaratilgan, balki ularning ichki texnik xususiyatlari ham birgalikda muhokama qilingan. Qo'shimchasiga, yangi Meizu smartfonlari mashinalar bilan ulanish xususiyatiga ham ega bo'lishi aytilmoqda.

Meizu 19 smartfonlari keyingi yili chiqarilishi kutilmoqda.

O'QING: Tecno o‘z portfoliosiga yana bir byudjet-geyming smartfon qo‘shdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!