Meizu Pro 6: melomanlar uchun o‘n yadroli metall flagman

Meizu Pro 6: melomanlar uchun o‘n yadroli metall flagman

Meizu Pro 6: melomanlar uchun o‘n yadroli metall flagman

Biz Meizu smartfonlarining yangi modellarini ko‘rib chiqdik va ma’lum zaruriy ma’lumotlarni qayd etdik.

Ko‘p turdagi Meizu smartfonlari

Meizu kompaniyasining smartfonlar shunchalar ko‘pki, adashtirib qo‘yish oson. Biroq ularning eng muhim jihatlarini belgilash mumkin.

  • Meizu M3s mini — ixcham xamyonbop model, samaradorlikka da’vogar emas, diagonal — 5 dyuym.
  • Meizu M3 Note — o‘rtacha-fablet, diagonal — 5,5 dyuym.
  • Meizu MX5 —kamerasiga alohida urg‘u qaratilgan fablet-flagman, diagonal — 5,5 dyuym.
  • Meizu Pro 6 —ovoz imkoniyatlari yaxshilangan smartfon-flagman, diagonal — 5,2 dyuym.
  • Meizu MX6— kuz faslida sotuvga chiqariladigan fablet-flagman, kamerasi yaxshilangan, dioganal – 5,5-dyuym.

Shunday qilib, agar siz samaradorligi qoniqarli bo‘lgan smartfon olmoqchi bo‘lsangiz, Pro 6 avlodiga mansub qurilmagan murojaat qilsangiz bo‘ladi. Quyida esa Meizu Pro 6ning texnik tavsifi bilan tanishtiramiz.

Meizu Pro 6 smartfoni haqida batafsil

Taxminan bir soat smartfonning hamma joyini sinchiklab ko‘rib chiqin. Yuzaning har bir santimetri, har bir unsuri, har bir uchini kuzating. Xo‘sh, nima topdingiz? Hech narsa. Chunki unda deyarli nuqsonning o‘zi yo‘q.

Huddi Meizu Pro 6`ni shveysariyalik soatsoz ustalar qo‘lda yig‘ib chiqqandek taassurot uyg‘onadi. Qo‘lga olib, uni siqib, bosib ko‘ring, baribir uning konstruksiyasida hech qanday kamchilik topa olmaysiz.

Yupqa (7,25 mm), yengil (160 g), biroq haddan ziyod mustahkam.

2,5D texnologiyasi asosida tayyorlangan Gorilla Glass 3 himoya oynasi suyrisimon tarzda korpusga ulangan bo‘lib, qo‘lda yaxlit bir butun jismga o‘shaydi.

To‘g‘ri, Meizu Pro 6 “tishlangan olma”ga juda ham o‘xshash, biroq baribir ishlab chiqaruvchilarga tasanno! Smartfonning ko‘rkamligi borasida hech qanday shikoyatga o‘rin yo‘q.

Eng maqbul o‘lchami

Biz tavsifni bejiz uning o‘lchamidan boshlamadik. Bu juda muhim. 5,5 dyuymlik Android-smartfonlar o‘lchami bizni bir oz og‘rintiradi. Har holda odamning qo‘llari hali o‘zayganicha yo‘q. Bir qo‘lga qulay joylashadigani 5,0–5,2 dyuym ekranli smartfondir.

Shu jihatlarni inobatga olgani uchun ham Meizu kompaniyasiga minnatdorlik bildirsak arziydi.

Qulay barmoq skaneri

Daktiloskopik barmoq skaneri — bu juda ajoyib. Xatto gajet stolda yotgan paytda ham tezgina qurilma ichiga kirish mumkin.

Ayniqsa, skaner mexanik tugmaga aylanganda, juda ajoyib. Ya’ni barmoq bilan ekran o‘chirilganda, o‘z-o‘zidan knopka bosiladi va shu onda smartfon o‘chib, qulflanadi. Tezlik va aniqlikka ham e’tirozlar yo‘q. Barmoq izi istalgan burchakdan qabul qilinaveradi.

Ishlashdagi mukammal ravonlik

Meizu Pro 6 shunday sezgir va ravon-ki, sal o‘tib miya interfeys va tizimni tirikdek qabul qila boshlaydi. Unga 10 yadroli chip o‘rnatilgan. Ya’ni Helio X25: to‘rt yadro Cortex A53 (1,4 GGs chastotali), to‘rt yadro Cortex A53 (2 GGs chastotali) va ikki yadro Cortex A72 (2,5 GGs chastotali).

Grafika Mali T880 nazoratida, 4 GB operativ xotirga ega LPDDR3 va tezkor eMMC 5.1 (32 yoki 64 GB) flesh-xotira bilan katta kuchga ega. Bu nafaqat asosiy tizimning va ilovalarning ish sifatiga yaxshi ta’sir qiladi, balki maksimal darajadagi grafikaga ega top o‘yinlar uchun ham ayni muddao.

Energiya sarfi

Helio X25 nafaqat unumdor, balki u uch klasterli arxitektura ko‘magi bilan energiyatejamkor hamdir. Ko‘p hajmli ilovalardan foydalanganda birinchi klaster ishlaydi, qolgan qo‘shimcha yuklamalar ikkinchi va uchunchi klasterlarga taqsimlanadi. Og‘ir topshiriqlar chog‘ida esa ikkinchi va uchinchi klasterlar o‘chadi. Shu bois energiya sarfidagi barqarorlik ta’minlanadi.

Bu ayyorona algoritmlarni so‘z bilan tushuntirish mushkul, biroq ishlash chog‘ida his qilish mumkin. Akkumulyator quvvati 2 560 mA·s va “oldi, ishladi va o‘chirib tashladi” (tez-tez, yo‘l-yo‘lakay ishlash) rejimida naq 40 soatga yetadi.

Keling, tushunarliroq gapiramiz: 30 daqiqa suhbat, 4 soat 4G dan foydalanish, 8 soat Wi-Fi, bir soat Google Music va YouTube, bir necha fotolar tomoshasi uchun smartfon batareyasi 15 soatga “turib beradi”. Bu degani smartfondagi 100 foizlik quvvat bilan ertalab uydan chiqdik va kechqurun 15-20 foizlik quvvat bilan qaytdik.

Juda yoqimli Flyme

Meizu Pro 6 smartfoni Flyme ko‘rinishli Android 6 Marshmallow tizimida ishlaydi.

Ekrandan eng muhim vazifalarni bajaruvchi ilovalar(budilnik, kalendar, bloknot, video, muziqa va hakazo) jamlanmasi va “Xavfsizlik markazi” kompleks uskunasi joy olgan.

Bundan tashqari antivirus dasturi xavsizlik sozlamasini boshqarish, smartfonning operativ xotirasini chiqindilardan tozalash, ilovalarning traffik iste’molini nazorat qilish, batareya quvvati chiqimlarini aniqlash va akkumulyatordan foydalanish samaradorligini ta’minlashda juda foydali.

  

Flyme turli mayda, lekin foydali fokuslar bilan “to‘yingan”. Masalan, bildirgilar qatorini ochish uchun ekranning eng yuqori qismiga murojaat qilish(svayp) shartmas. Tizim displeyning istalgan qismidan ishorani qabul qiladi.

Melomanning baxti

Meizu Pro 6`ga Cirrus Logic CS43L36 Hi-Fi-o‘zgartirgich o‘rnatilgan va u bilan ovoz ajoyib eshitiladi. Agar tuzukroq quloqchin bo‘lsa, tovushning bor jozibasini his qilish imkoniga ega bo‘lasiz. Bir so‘z bilan aytganda, Meizu Pro 6—musiqiy flagmen.

Arzirli kameralar va chaqnoq (vspishka)

Meizu Pro 6`ning frontal (old) kamerasi shunchaki juda zo‘r! 5 megapikselli tiniqlashtiruvchi dasturiy vositalarga ega sensorli kamera old kamera bilan yaxshi yorug‘likka ega bo‘lmagan joylarda ham a’lo darajadagi fotolar olish mumkin. Yuz martta gapirgandan, bir marta ko‘rgan yaxshi. Selfilarga baho bering.

Muhimi shundaki, bunday rasmlar uchun hech nimani sozlash shart emas.

Endi asosiy kamera haqida: 21-megapiksel sifatli sensor Sony IMX230. Qayta ishlab, to‘ldirilgan PDAF-avtofokus va kuchli ikkirangli halqasimon chaqnoq(vspishka). Himoya Gorilla Glass 3 “zimmasida”.

Ammo sinovda ba’zi noqisliklar uchradi. Masalan, avtomatik rejimda soyadagi odamning fokusini to‘g‘rilab bo‘lmadi. Balki orqadagi yorg‘ulik bunga imkon bermagandir. Biroq ochiq joydagi suratlarda hech qanday muammo yo‘q. Sifatiga o‘zingiz baho bering.

Smartfon 4K formatgacha videotasvirga tushiradi va slow motion rejimini qo‘llay oladi.

Yaxshi ekran

Meizu o‘zi uchun 3D Touch ishlab chiqdi va uni 3D Press deb nomladi. Texnologiya o‘z turkumidagi kabi imkoniyatlarga ega. U hozircha Meizu`ning o‘z ilovasiga xos yorliqda ishlaydi va asosiy ilovalarga tez o‘tish imkonini beradi.

Bu texnologiya Android`da taraqqiy etadimi? Taxmin qilish mumkinki, Google qo‘llab-quvvatlovisiz 3D Press texnologiyasining rivojlanishi noaniq.

  

Ekran-chi? O‘ta tiniq, Full HD(1920×1080 piksel, 423 ppi) 5,2-dyuym AMOLED-ekran. Ranglar uzatmasi bir oz ishonchsizroq.

USB-C orqali tez quvvatlash

Meizu Pro 6 akkumulyatorini quvvatlash tezligini oshirishni mCharge 3.0 texnlogiyasi ta’minlaydi. Amaliyotla smartfon 100 foizlik quvvatni 60 daqiqada to‘ldiradi.

10-yadroli Helio o‘yinbop emas

Agar siz uch o‘lchamli o‘yinlar uchun smartfon qidirayotgan bo‘lsangiz, Meizu Pro 6`ni xarid ro‘yxatidan chiqarib tashlang.

Xotira kartasi uchun joy yo‘q

Xotira kartasi uchun alohida joy bo‘lmasa-da, flagmendagi SIM-kartalar qo‘yiladigan maxsus joyga bemalol uni joylashtirish mumkin.

Biroq 64 GB xotiraga ega smartfon yomon emas.

Suvdan himoya qilinmagan

Smartfonning maxsus ma’lumotlarida suvdan himoyalanganlik darajasi haqida hech narsa yozilmagan. Shuning uchun Meizu Pro 6 smartfoni bilan cho‘milmaslik tavsiya etiladi.

Narxlar

Meizu Pro 6 smartfoni Xitoyda 300 AQSh dollarida sotiladi. Poytaxtimiz bozorlarida uning 16 GB xotira kartasiga ega Meizu Pro 6 smartfoni 1,9 mln. so‘m, 32 GBlik varianti, 2,1 mln.so‘m, 64 GB smartfon 3,5 mln. so‘m narx qo‘yiladi.

Meizu Pro 6 tavsif jadvali

O‘lchamlari 147,7 × 70,8 × 7,25 mm
Vazni 160 g
Batareya 2 560 mA·s
Protsessor Helio X25, 10 yadroli: Cortex A53, 1,4 GGs — 4; Cortex A53, 2,0 GGs — 4; Cortex A72, 2,5 GGs — 2
Grafika Mali T880
Operativ xotira 4 GB, LPDDR3
Ichki xotira 32/64 GB, eMMC 5.1
Ovoz Cirrus Logic CS43L36, uchinchi avlod NXP Smart PA
Displey 5,2 dyuym, SuperAMOLED, Full HD (1 920 × 1 080), Corning Gorilla Glass 3
Old kamera 5 Mp, f/2,0
Asosiy kamera 21,16 Mp, f/2,2, PDAF, lazerli fokuslagich, ikki rangli chaqnoq (vspishka), Corning Gorilla Glass 3
Barmoq skaneri mTouch 2.1
Aloqa 2G GSM / GPRS / EDGE (900 / 1 800 / 1 900 MGs)
3G WCDMA / HSPA+ (900 / 2 100 MGs)
4G FDD-LTE (1 800 / 2 100 / 2 600 MGs)
3G TD-SCDMA
4G TD-LTE
Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac
Bluetooth 4.0
GPS, A-GPS, GLONASS

Xulosa

Meizu Pro 6 smartfoni uncha qimmat bo‘lmagan, ammo yaxshi telefon. Uning afzal tomonlari ko‘p. Masalan, u 3D Touch texnologiyali tiniq va sifatli displeyga ega, quloqchindan chiqadigan ovoz sifati esa a’lo darajada va maqtovga arzirli. Qimmat materialli korpusdan ishlgan va hashamatli dizaynga ega smartfon qo‘lda chiroyli turadi. Qolaversa, uning akkumulyatori quvvati ham havasingizni keltiradi.

O‘z o‘rnida flagmen kamchiliklardan ham holi emas. Protsessor barqaror ishlamasligi, doimiy qizish va samaradorlikning tushib ketishi, MicroSD uchun joy va NFC`ning yo‘qligi kamchilik sifatida baholanishi mumkin. Umuman olganda esa, 300 dollarlik smartfon puliga arzirlik imkoniyatlarga ega.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!