Meizu Pro 6 Plus – yangi musiqiy flagman

Meizu Pro 6 Plus – yangi musiqiy flagman

Xitoyning Meizu kompaniyasi bugun Meizu Pro 6 Plus modelini rasman namoyish qildi. Mazkur smartfon kuchli texnik parametrlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ishlab chiqaruvchi tomonidan musiqiy flagman sifatida pozitsiyalanmoqda.

Ferra saytida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, qurilma metall korpus bilan o‘ralgan, undagi barmoq izi skaneri Home tugmasiga sozlangan. Smartfon 5,7 dyuymli Quad HD formatidagi  3D Press funksiyasiga ega bo‘lgan Super AMOLED-displey, 12 MPli Sony IMX386 sensori (fazali va lazerli avtofokus bilan) va aylana chaqnoq bilan jihozlangan. Old kameraning aniqligi 5 Mp. Shuningdek, modelda audio sifatini oshirishga xizmat qiladigan ESS ES9018K2M chipi, ADI AD45275 operatsion kuchaytirgichi va Rubycon kondensatori ham ko‘zda tutilgan.

490019

Meizu Pro 6 Plus sakkiz yadroli Samsung Exynos 8890 protsessorida ishlaydi. Tezkor xotirasining sig‘imi 4 GB, 64 yoki 128 GB doimiy xotiraga ega. 3400 mA/soat sig‘imidagi batareya tezkor zaryadlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma ikkita SIM-karta ishiga mo‘ljallangan. LTE (VoLTE), NFC va ikki diapazonli Wi-Fi (802.11 a/b/g/n/ac; 2.4/5 GGs) interfeyslari tatbiq etilgan. Android 6.0 Marshmallow dasturida faoliyat ko‘rsatadi.

Meizu Pro 6 Plus 23 dekabrda Xitoyda sotuvga chiqariladi. Narxi 64 GBli versiya uchun 435 dollar, 128 GBli versiyasi uchun esa 479 dollarni tashkil qiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!