Meizu Pro 6 smartfoniga rekord darajada ko‘p buyurtma berildi

Meizu Pro 6 smartfoniga rekord darajada ko‘p buyurtma berildi

Joriy yilning 13 aprel Meizu kompaniyasi o‘zining yangi flagmeni Pro 6 smartfonini ommaga namoyish qilgandi.

Apparat 5,2 dyuymli 3D Press Full HD-displey, MediaTek Helio X25 10 yadroli chipset, 4 GB tezkor xotira qurilmasi, 32/64 GB doimiy xotira qurilmasi, 21 megapiksel xalqali chaqnoq (vspishka)li asosiy kamera, 5 Mp selfi-kamera, mTouch 2.1 barmoq skaneri, mCharge 3.0 o‘ta tezkor quvvatlash imkoniga ega  2560 mAs akkumulyator va Flyme OS 5.2 proshivkali Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimga ega.

Meizu infografikani ommaga taqdim qilishi bilan unga qiziqishlar keskin oshib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki 24 soat ichida Xitoyda mazkur modelga rekord darajada ko‘p buyurtma qabul qilingan. Ya’ni buyurtmalar soni bir sutkada 3 mln donaga yetgan.

Bundan tashqari Pro 6 taqdimoti o‘tkazilgan press-konferensiyani tarmoqda 6,7 mln nafar odam tomosha qilgan.

Smartfon savdosi 23 apreldan boshlanadi. Narxi ichki xotira qurilmasiga qarab, 2499 va 2799 yuan (386.06 va 432.41 AQSh dollari) bahosida sotiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!