Meizu taqdimot taklifnomasiga go‘sht ham qo‘shib yubordi

Meizu taqdimot taklifnomasiga go‘sht ham qo‘shib yubordi

O‘tgan haftada Xitoyning Meizu kompaniyasi ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillariga 30 iyulda bo‘lib o‘tadigan taqdimot marosimi uchun tayyorlangan taklifnomaga qo‘shib shampun qo‘shib yuborgan edi. Kompaniya bugun bir qator yangi devayslarni taqdim qilmoqchi.

Shu bilan birga, kecha Meizu kompaniyasi 8 avgustda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi taqdimotiga ham taklifnoma tarqatmoqda. Meizu 16 flagman smartfoni taqdim etilishi kutilayotgan tadbir taklifnomasi bilan birga mehmonlarga go‘sht bo‘lagi ham tarqatilmoqda. Meizu marketologlari bu bilan nimani ko‘zlaganliklari juda ham qiziq.

Mobil telefonning asosiy jihatlari allaqachon ma’lum bo‘lgan - flagman Snapdragon 845 protsessori, 6/8 Gb operativ xotira, 64/128/256 Gb doimiy xotira, 12 Mp + 20 Mp sensorlardan iborat va uch karralik optik yaqinlashtirish funksiyasi mavjud bosh kamera, 20 megapikselli old kamera, ekran ostiga joylashtirilgan barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. Shuningdek, smartfon NFC moduliga ham ega bo‘ladi.

Meizu 16 modeli 6,0 dyuymli, yuqori sifatli displey hamda tok sig‘imi 2950 mA soat bo‘lgan akkumulyator bilan ta’minlansa, yuqori -- Meizu 16 Plus modeli 6,5 dyuymli ekran hamda 3570 mA soat batareyaga ega bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!