Meizu top-menedjeri MX7 flagmanining chiqish vaqtiga aniqlik kiritdi

  •   DiMaX
  •  1110
  •  11.10.2017 17:11

Meizu top-menedjeri MX7 flagmanining chiqish vaqtiga aniqlik kiritdi

Meizu kompaniyasi 2016 yilning 3-choragida, Pekinda o‘zining MX6 rusumli flagman smartfonini taqdim etgan edi. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar qatori, mazkur gadjetning «avlodi» – MX7 modelini kompaniya bu yil taqdim etishini xaridorlar kutishayotgan edi. Ammo...

Meizu MX7 flagmani 2017 yilning oxirlarida taqdim etilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni kompaniyaning katta vitse-prezidenti Jeffri Yang (Jeffrey Yang) inkor etdi. U buni Twitter’ning xitoycha analogi bo‘lmish Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qildi.

Jeffri Yang so‘zlariga qaraganda, kompaniya bu yil boshqa yangi smartfon taqdim etishni rejalashtirmayapti. Meizu MX7 flagmani esa kelasi yilning bahorida namoyish etiladi.

Avvalroq «sizib chiqqan» ma’lumotlarga ko‘ra, Meizu MX7 modeli 5,7 dyuymlik, Quad HD (2560 x 1440 pikselli) sifatga ega bo‘lgan displey bilan jihozlanadi. Uning asosiy kamerasi 21 megapikselli, old kamerasi esa 5 megapikselli modulga ega bo‘ladi. Bu flagman MediaTek Helio P30 protsessori bazasida ishlashi taxmin qilingan.

Ta’kidlash kerakki, Meizu kompaniyasi, Xiaomi bilan bir qatorda, Xitoyning eng yaxshi smartfonsozlaridan biridir. Bu ikkovlonning ishqibozlari hatto qay birining telefoni yaxshi ekanligi borasida hamisha bahslashib ham keladilar.