Metall dizaynli Moto G5 sotuvga chiqarildi

Metall dizaynli Moto G5 sotuvga chiqarildi

Yaqindagina o‘tgan Jahon Mobil Kongressi doirasida Lenovo kompaniyasi Barselonada taqdim qilgan Moto G5 hamda uning yuqori talqini G5 Plus flagman smartfonlari Yevropada sotuvga chiqarildi.

Moto G5 — metall korpus, Android 7.0 Nougat operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadigan hamyonbop mobil telefon. Moto G5 gadjeti 5 dyuymli Full HD (1920 x 1080 pikselli) displey, 13 megapikselli bosh hamda 5 megapikselli old kameralar, Qualcomm Snapdragon 430 protsessori, 2 yoki 3 GB operativ, 16 yoki 32 GB doimiy ichki xotira, shuningdek akkumulyator sig‘imi 2800 mA soat bo‘lgan batareya bilan ta’minlangan.

G5 Plus’da esa bir oz kattaroq 5.2 dyuymli ekran o‘rnatilgan. Smartfonlar 2 ta SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Ular 128 GBgacha xotira kartasini o‘qiydigan microSD bo‘lmasiga ega.

Moto G5 barmoq ishoralarini ham tushunadi, misol uchun ishoralar orqali uning kamerasiga buyruq berish mumkin. Gadjetlarning Google Assistant virtual ovozli yordamchisiga ham ega bo‘lishi muhim jihatlardan biridir.

Moto G5 smartfonining 2/16 GB versiyasi ayni paytda Gollandiyada 200 dollardan boshlab sotilmoqda. G5 Plus’ning 2/32 GB talqini $229 dollardan sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!