Metall korpusli Huawei P9 flagmanining ilk suratlari e’lon qilindi

Metall korpusli Huawei P9 flagmanining ilk suratlari e’lon qilindi

Kutilganidek, Huawei kompaniyasi MWC 2016 ko‘rgazmasida yangi R9 flagman smartfonini namoyish etmasdan, Windows10 asosidagi MateBook planshet-transformeri bilangina cheklandi. So‘nggi gap-so‘zlarga qaraganda, gadjet namoyishi 9 mart kuni Berlinda bo‘lib o‘tadi. Shunga qaramasdan, internetda smartfonning yakuniy dizaynini bekitib turgan maxsus g‘ilofdagi josuslik suratlari paydo bo‘ldi. Suratda flagmanning bir qator o‘ziga xosliklarini namoyon etib turganiga e’tibor qaratildi.

Huawei P9 asosiy kamerasida haqiqatdan ham lazerli avtofokus bilan ta’minlangan qo‘sh modul mavjud. Barmoq izi skaneri esa to‘liq metall qobiqli smartfonning orqa tomoniga o‘rnatilgan. Dizayndagi ayrim jihatlar, jumladan, datchiklar hajmi suratda Huawei P9max fableti tasvirlanganidan dalolat bermoqda. Avval oshkor bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, flagman bir necha talqinda ishlab chiqariladi. Jumladan, yengillashtirilgan P9lite hamda qimmatbaho R9 Plus sotuvi boshlanadi. Shuningdek, e’lon qilingan suratlarda Huawei P9 uchun jildda biometrik sensor bir oz yuqoriroqda joylashgan.

Huawei P9 5,2 dyuymli FullHD displey, kompaniyaning sakkiz yadroli HiSilicon Kirin 955 chipseti, 4 Gb tezkor xotira bilan ta’minlanadi. Asosiy kamera 12 Mp, old kamera esa 8 Mp ni tashkil etadi. 2900 mAs hajmli akkumulyatorni tezkor quvvatlash uchun USB Type-C portidan foydalaniladi. Ushbu talqindagi smartfonning narxi Xitoyning o‘zida 440 dollarni tashkil etadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!