Mi 7 haqida Xiaomi fanatlarini xursand qilmaydigan xabar chiqdi

  •   DiMaX
  •  6249
  •  27.01.2018 11:56

Mi 7 haqida Xiaomi fanatlarini xursand qilmaydigan xabar chiqdi

«Xitoycha Olma»ning navbatdagi flagmani – Mi 7 smartfoni taqdimotiga oz vaqt qoldi. Xiaomi bu qurilmasiga ko‘plab yangi texnologiyalarini – ayrimlarini ilk bora tatbiq etmoqchi.

O‘QING: Xiaomi fanatlari 5 yil kutgan xususiyat Mi 7’da joriy etiladi

Shu bilan birga, dunyo bo‘ylab ko‘pchilik intiqlik bilan kutayotgan ushbu smartfon haqida kecha chiqqan yangilik mazkur kompaniya ishqibozlarini xursand qilmasa kerak. Gap shundaki, Xiaomi o‘zining sifatli, ko‘plab innovatsiyalarga ega qurilmalariga ham yuqori narx belgilamay kelayotir. Ammo, GizmoChina nashriga ko‘ra, Mi 7 narxi avvalgi «avlod»laridan ancha baland bo‘lar ekan.

Xabarga ko‘ra, xitoylik korporatsiya bu flagmaniga 3000 yuandan kam bo‘lmagan qiymat belgilamoqchi. Bu esa taxminan 475 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Agarda bu mish-mishlar tasdiqlansa, yangi flagman Mi turkumining eng qimmat vakili bo‘ladi. Biroq bu yana shundan ham dalolat beradiki, Xiaomi mazkur modeliga bir qator yuksak texnologiyali funksiyalarni joriy etayotir. Eng yangi – ilg‘or Snapdragon 845 protsessori bazasidagi bu smartfon yuzni tanish, simsiz quvvatlash hamda sun’iy idrok texnologiyalarini o‘zida mujassamlashtirishi aytilayotir.

O‘QING: Xiaomi’ning yangi smartfonlari sun’iy idrokka va fantastik imkoniyatlarga ega bo‘ladi

Xiaomi’ning shu paytgacha savdoga chiqarilgan boshqa modellardagi smartfonlarini esa O‘zbekiston bozorlarida yoki onlayn savdo platformalari orqali xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini AliExpress orqali «Malika»dagidan arzonroqqa oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!