Mi 8 iPhone X va Galaxy S9'ni "yer tishlatdi"!

Mi 8 iPhone X va Galaxy S9'ni

Bir necha daqiqa avval taqdim qilingan Xiaomi Mi 8 flagmaniga oid batafsil tafsilotlar sekin-asta e’lon qilinmoqda. Hozirgina rasman ma’lum qilinishicha, kameralar imkoniyatlarini baholaydigan DxOMark laboratoriyasi ekspertlari Xiaomi Mi 8 flagmanidagi bosh kamera imkoniyatlarini 105 ballga baholashgan. Ya’ni, surat olish borasida u iPhone X flagmanini ortda qoldirgan. Apple "mevasi" bunday sinovlarda 101 ball to‘plagan edi. Ya’ni, Xiaomi Mi Mix 2S modeli bilan teng.

Xiaomi Mi 8 bosh kamerasining asosiy sensori 20 megapikselli va yorug‘lik taqsimlovchi diafragma f / 1.7 standartli; bosh kameraning qo‘shimcha sensori ham 12 megapikselli, biroq f / 2.4 diafragmali. Old kameradagi sensor 16 megapikselli, uning yorug‘lik taqsimlovchi diafragmasi f / 2.0. Barcha kameralar "aqlli", ya’ni sun’iy texnologiya yordamida yorqin suratlar olish uchun mustaqil ishlay oladi. Ehtimol, bosh kamera shuning uchun ham amerikalik flagmanning ustidan g‘alaba qozongan.

iPhone X flagmani 2017 yilning sentyabr oyida namoyish qilingan edi hamda uning bosh kamerasida har biri 12 megapikselli 2 ta sensor o‘rnatilgan. Bosh kameradagi har ikkala sensor optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lgan. Bosh sensor f/1.8 diafragmali yorug‘lik linzasiga ega bo‘lgan. Telefoto uchun esa f/2.4 aperturali linza tanlangan. Bu esa yorug‘lik past sharoitda yorqin surat olish uchun xizmat qiladi. Yorug‘lik taqsimlovchi moslamalar borasida Xiaomi telefoni ilg‘orroq.

O‘qing: Mi 8 taqdim qilindi: narx borasida kompaniya va’dasida turdi!

Eslatib o‘tamiz, fotokameralar imkoniyatini o‘rganuvchi DxOMark kompaniyasining ro‘yxatiga ko‘ra, Huawei P20 hamda P20 Pro kamerofonlar reytingida hozircha mutloq peshqadam. Ham fotosurat, ham video tasvirga olishda Huawei P20 Pro 109 ball bilan ro‘yxatda mutloq peshqadam bo‘ldi. Bungacha bu o‘rinda Samsung Galaxy S9 flagmani 99 ball bilan "qirol" edi. "Kuchli beshlik"dagi boshqa smartfonlar ham test sinovlarida 97 va 99 ballarni olishgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!