Mi A2: Xiaomi'dan yangi bestseller -- narxi va jihatlari!

Mi A2: Xiaomi'dan yangi bestseller -- narxi va jihatlari!

2017 yilda Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi jahon smartfon bozoriga Mi A1 mobil aloqa vositasini taqdim etgan edi. Shubhasizki, bu model bozorning eng xaridorgir smartfonlaridan biriga aylandi. Android One, ya’ni Google ta’minlaydigan "toza" operatsion tizimda ishlaydigan telefon apparati ko‘p jihatlari bilan xaridorlarga manzur bo‘ldi.

Jumladan, nisbatan hamyonbop narx, metall korpus, kuchli texnik jihat, qo‘sh sensorli bosh kamera, «toza» Android tizimi va boshqa o‘ziga xos jihatlar. Kompaniya bugungi kunga qadar jahon miqyosida bir necha million dona sotilgan bu modelning merosxo‘ri bo‘lmish Xiaomi Mi A2 modelini ham ishlab chiqarish arafasida turibdi.

Bugun insayderlar tomonidan mazkur model aks etgan bir nechta suratlar Internet tarmog‘ida e’lon qilindi.

Aytish joizki, an’anaga ko‘ra, Xiaomi Mi A2 smartfoni Mi 6X bilan bir xil bo‘ladi. Faqat birinchisi xalqaro bozor, ikkinchisi ichki bozor uchun mo‘ljallangan. Mi A2 o‘zlashtirilmgan, ya’ni Google ishlab chiqqan Android tizimi, Mi 6X esa Xiaomi o‘zlashtirgan MIUI proshivkasida ishlaydi.

Suratlardan ko‘rinib turibdiki, yangi hamyonbop smartfon modeli nihoyatda jozibador. Xususan, old panel romdan xoli dizaynda va 18:9 standartida tayyorlangan. Ekran sig‘imi ham shunga muvofiq, 2160 ga 1080 piksel (Full HD+) ni tashkil qiladi.

Korpusning orqa tomonida iPhone X'dagi kabi vertikal joylashgan ikki sensorli bosh kamera hamda barmoq izi skaneri uchun joy ajratilgan.

Xiaomi Mi A2 smartfoni korpusining quyi qismida universal USB Type-C porti, 3,5 mm.li audio tuynuk mavjud.

Texnik o‘ziga xosliklar xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu model Xiaomi Surge S2 protsessorida ishlaydi. Firmaning shaxsiy ishlanmasi bo‘lmish bu chip 4 ta Cortex-A73 va 4 ta Cortex-A53 yadrolaridan iborat va 2,2 hamda 1,8 GGs chastota tezligida ishlaydi.

Xiaomi Mi A2 Wi-Fi 802.11 a/b/g/n, Bluetooth 5.0, NFC, GPS, LTE modem kabi kommunikatsiya modellariga ega bo‘ladi. Uning quvvati uchun tok sig‘imi 3300 mA soat bo‘lgan akkumulyator mas’ul.

Bu model avgust-sentyabr oylari oralig‘ida sotuvga chiqariladi. Uning bahosi 280 dollar etib belgilanishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!