Mi Mix 2: romsiz displeyning 2-avlodi taqdim etiladi

Mi Mix 2: romsiz displeyning 2-avlodi taqdim etiladi

Xiaomi Mi MIX 2 flagmani 2017 yilning 2-choragida taqdim etilishi kutilayotgan jahonning eng ilg‘or smartfonlaridan biri. 2016 yilning eng ommalashgan Mi MIX’ning “merosxo‘ri” bo‘lmish bu flagmanning dizayn yechimi Fransiyaning mashhur texnologi Filipp Stark tomonidan ishlab chiqilgan.

gizmochina nashri ishonchli manbaaga asoslanib xabar berishicha, Xiaomi Mi Mix 2’da ekran tomonlarining nisbati oshib, ikki yonga qayrilgan AMOLED-displey ekranning 93% maydonini egallab olgan. Xiaomi Mi Mix’da bu 91%ni tashkil qilgan.

Shuningdek, ushbu shisha ekranda sensorli barmoq izlari skaneri ham mavjud bo‘ladi. Xiaomi bunday aqlli ekran texnologiyasini takomillashtirishda Goodix kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Yaqinda o‘tkazilgan Jahon Mobil Kongressida Goodix kompaniyasi Touch ID datchigi uyg‘unlashtirilgan bu turdagi ilk ekranni namoyish qilgan edi.

Xiaomi Mi Mix’ning takomillashgan modifikatsiyasida ekran diagonali hamda uning piksellar sig‘imi ortadi. Unga Qualcomm’ning eng kuchli, 8 yadroli Snapdragon 835 protsessori o‘rnatiladi. Smartfonning kamera texnologiyasi sifatini yaponlarning Sony konserni o‘z zimmasiga olgan. Xiaomi Mi Mix 2’da ham “MWC 2017’ning eng yaxshi smartfoni” bo‘lgan Sony Xperia XZ Premium’dagi kabi, Motion Eye kamera texnologiyasining tatbiq etilishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!