Mi MIX 2s muhim jihati bilan jahonda birinchi bo‘ladi!

Mi MIX 2s muhim jihati bilan jahonda birinchi bo‘ladi!

Yaqindagina Xiaomi'ning bu yilgi ilg‘or gadjetlaridan biri bo‘lishi kutilayotgan Mi MIX 2s'ning 2018 yilning kuchli protsessori bo‘lishi kutilayotgan Snapdragon 845 chipida faoliyat ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi.

Shu bilan birga, shu kunlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi Mix 2s flagmani Qualcomm'ning Snapdragon 845 chipiga ega bo‘ladigan jahonning ilk smartfoni bo‘lishi mumkin. Avvalroq bu nomga Samsung Galaxy S9 flagmani da’vogarlik qilayotganini aytgan edik.

Eslatib o‘tish kerakki, 2017 yilda Galaxy S8 yilning eng kuchli Snapdragon 835 chipsetida ishlab chiqarilgan ilk tijroiy smartfon bo‘lgan edi. Shuningdek, bu flagmanga qadar fevralda o‘tkazilgan MWC 2017 anjumanida Qualcomm Snapdragon 835 chipida ishlaydigan Sony Xperia XZ Premium ham taqdim qilingan edi.

Bir fursat avval Mix 2s modelining fevralda o‘tishi kutilayotgan MWC 2018 anjumaniga qadar taqdim etilishi to‘g‘risidagi xabarlar ham butlovchi qismlar yetkazib beruvchilar tomonidan tarqatilgan edi. Aftidan, Xiaomi ham nufuzini mustahkamlash maqsadida, SD 845 uchun jiddiy kurash olib bormoqda.

Hozircha Mix 2s flagmani kuchli flagman chipsetga ega bo‘ladigan smartfon bo‘lishi aniqroq bo‘lib turibdi. Ya’ni, bu model birinchi bo‘lib taqdim etilsa ham, bu chipga ega Galaxy S9 birinchi bo‘lib sotuvga chiqariladi.

Hozirgacha aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi Mix 2s to‘liq ekranli va displey yonlari yupqa romlar bilan o‘ralgan, 18: 9 standartli displeydan iborat devays bo‘ladi.