Mi Mix 2S: Xiaomi muhim texnologiyada Apple'ga yetib oldi

Mi Mix 2S: Xiaomi muhim texnologiyada Apple'ga yetib oldi

Xiaomi kompaniyasi Mi Mix 2S smartfonini taqdim qilgach, ekspertlar smartfon sanoatida kuchli kamerafon ishlab chiqaradigan yana bir yetakchi kompaniya paydo bo‘lganini e’tirof etishdi. Bu - bejizga emas. 

Smartfon dizayni bir-biriga o‘xshash bo‘lsa ham, undagi texnologik jihat turlicha bo‘ladi. Mana shunga ko‘ra ishlab chiqaruvchiga baho beriladi.

Smartfon erasida o‘ziga xos yangilik bo‘lib kirib kelgan va yangi tendensiyani boshlab bergan quyidagi smartfonlarni sanab o‘tish mumkin: iPhone; shisha panellar bilan qoplab olingan iPhone 4; old tugmadan xoli va hoshiyalari yupqaligi bilan tillarga tushgan LG G3; qayrilma displeyli Samsung Galaxy S6 Edge; "nihoyasiz displeyli" Samsung Galaxy S8; romdan xoli Xiaomi Mi Mix.

Xiaomi Mi Mix romdan to‘liq voz kechgan hamda kuchli protsessorga ega bo‘lish barobarida, nisbatan arzonligi bilan 2016 yildayoq katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.

Shu bilan birga, Xiaomi qurilmalari so‘nggi yillarda suratga olish borasida ham ilg‘or jihatlarga ega bo‘ldi. Bu masalada ular Huawei yoki Samsung qurilmalari darajasida bo‘lmasa ham, Xiaomi'ning kuni kecha taqdim qilingan Mi Mix 2S flagmani, nihoyat kompaniya uchun yangi davrni boshlab beradigan bo‘ldi.

Mi Mix 2 bosh kamerasida bitti sensor joriy qilingan edi. Bugungi kunda jahonning "beshinchi raqamli" kamerafoni bo‘lgan Xiaomi Mi Mix 2S modeli bosh kamerasida 2 ta sensor mavjud:

12 megapikselli Sony IMX363 moduli optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lgan. Yangi bu linzaning imkoniyatlari yuqori;

Yana bir 12 megapikselli kamera moduli uchun tanlangan Samsung S5K3M3 sensori teleob’yektiv vazifasini bajaradi va unga 2 karralik yaqinlashtirish funksiyasi joriy qilingan.

Xiaomi Mi Mix 2S devaysining old kamera ham ilg‘or va unda "sun’iy aql" texnologiyasi tatbiq etilgan bo‘lib, uning yordamida smartfonni yuz-qiyofa orqali blokirovkadan chiqarish mumkin.

Quyidagi suratlar asosida kamera imkoniyatlariga baho bering.

Yuqoridagi suratlarda bosh kamera orqa fonni g‘ira-shira qilishda qanchalar mohir ekaniga amin bo‘lamiz. Quyida esa undagi detallarga ahamiyat bering.

Quyida esa Xiaomi Mi Mix 2S hamda iPhone X flagmanlarining bosh kameralari olgan suratlarni taqqoslab ko‘ramiz. 

Xiaomi Mi Mix 2S:

iPhone X:

Yuqoridagi suratda birinchi bo‘limdagi lavhani Xiaomi Mi Mix 2S, ikkinchi lavhani  iPhone X suratga olgan.

Mi Mix 2S tunda suratga olib ko‘rdi:

Xiaomi Mi Mix 2S flagmanining bosh kamerasidagi "shovqinni" yo‘qotish hamda avtofokusni aniq belgilash algoritmlari DxOMark mutaxassislarini hayratda qoldirgan.

Mi Mix 2S bosh kamerasining imkoniyatlari umumiy jihatdan DxOMark tomonidan 97 ballga baholangan. Shu taxlit bu smartfon surat olishda iPhone X hamda Mate 10 Pro bilan bir safda turibdi. Ulardan oldinda esa Huawei P20 Pro, Huawei P20, Galaxy S9+, Pixel 2 XL flagmanlari bor. Biroq, kameralar olgan suratlardagi farq u qadar katta emas.

Xiaomi Mi Mix 2S flagmani 5,99 dyuymli, IPS matritsali, tomonlari 18:9 nisbatli, sig‘imi Full HD+ (2160 x 1080 pikselli) ekranga ega bo‘lgan. Ya’ni, o‘zgarishsiz qolgan.

Narx-navosi:

Xiaomi Mi Mix 2S 6+64 GB — 527 AQSh dollari;
Xiaomi Mi Mix 2S 6+128 GB — 575 AQSh dollari;

Maxsus Xiaomi Mi Mix 2S talqini — 8+ 256 GB: 639 AQSh dollari.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!