Microsoft $799 dollarlik flagmanini $299 dollardan sotmoqda

Microsoft $799 dollarlik flagmanini $299 dollardan sotmoqda

2017 yilda Microsoft kompaniyasi mobil aloqa vositalari uchun ishlab chiqarilgan Windows 10 Mobile platformasi o‘z umrini yashab bo‘lganini e’lon qilgan edi. Kompaniya boshqaruvida ishlab chiqarilgan so‘nggi telefonlardan biri bo‘lgan HP Elite x3 texnik jihatlariga ko‘ra kelajak smartfonlaridan biri. Biroq mazkur telefon o‘z xaridorlarini topishda muvaffaqiyat qozon olmayapti.

Amerikalik korporatsiya omborxonalarida juda ko‘p miqdordagi HP Elite x3 smartfoni to‘planib qolgani tufayli kompaniya 6 apreldan boshlab telefonni $299 dollardan sotuvga chiqarishga qaror qildi. Aytish joizki, smartfon bahosi aslida $500 dollardan ham oshadi.

Bugun, ya’ni 7 apreldan boshlab xaridorlar HP Elite x3 smartfonini $299 dollardan xarid qilishlari mumkin bo‘ldi. Xalqaro bozorda kechagina ham bu gadjet $799 dollar narxiga baholanib kelayotgan edi.

Gap yap-yangi va ilg‘or smartfon to‘g‘risida ketmoqda. Smartfon kuchli jihatlarga ega.

HP Elite x3 smartfoni 5,96 dyuymli, Super AMOLED matritsali, ekran sig‘imi 2560 ga 1440 ta pikselli (QHD+) displeyga ega bo‘lgan. Telefon ekranining tomonlari nisbati 16:9 standartli va ekran Corning Gorilla Glass 4 himoya shishasi bilan qoplangan.

4 yadroli Qualcomm Snapdragon 820 protsessorining chastota tezligi 2,15 GGs.ni tashkil qiladi. Bu chipset bundan 2 yil ilgari jahondagi eng kuchli mobil protsessor hisoblanar edi.

Platforma samaradorligi uchun 4 gigabaytli operativ xotira hamda 64 gigabaytli doimiy xotira 2 terabaytgacha sig‘imga ega microSD bo‘lmachasi muhim ahamiyatga ega.

16 megapikselli bosh hamda 8 megapikselli old kamerada yorqin suratlar olish mumkin.

4150 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyatorni USB Type-C universal porti orqali quvvatlash mumkin. Telefon, shuningdek Qi texnologiyasi bo‘yicha simsiz hamda simli standart bo‘yicha tezkor quvvatlash jihatlariga ham ega bo‘lgan.

Korpus qalniligi ham yomon emas -- 7,8 mm. Smartfon vazni 195 gramm. HP Elite x3 qadoqdayoq Windows 10 Mobile operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, maxsus perexodnik orqali uni ofis kompyuteriga aylantirish, klaviatura, sichqoncha hamda monitorga ulash mumkin.

HP Elite x3 smartfonini $299 dollarga Microsoft Store do‘konining onlayn-magazinidan xarid qilish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!