Microsoft`dan 3D qo‘ng‘iroq loyihasi

Microsoft`dan 3D qo‘ng‘iroq loyihasi

Microsoft mutaxassislari videoqo‘ng‘iroqlarni maksimal darajadagi reallikka ega 3Dga aylantirish ustida izlanishlar olib bormoqda. Texnologiyada qo‘shimcha proyektordan foydalaniladi. Ya’ni u orqali suxbatdosh tasviri belgilangan ma’lum hududga uzatiladi. Tasvir ancha jonli va reallikka yaqin bo‘ladi, deb yozadi The Next Web.

Room2Room

Microsoft Research`ning yangi loyihasi Room2Room deb ataladi. Loyiha doirasida qo‘shimcha reallikka ega videoqo‘ng‘iroqlar texnologiyasi ham ishlab chiqilmoqda. Proyektor va Kinect tizimi vositasida suhbatdoshning tasviri kompyuter ekranidan xonaga uzatiladi.

Moboda tavsir yo‘l-yo‘lakay biror jism, aytaylik, kursi to‘sig‘iga uchrasa, antiqa shakl xosil qiladi. Biroq bu vaziyatda, eng muhimi, jonli muloqotni his qilish imkoniga erishish mumkin.

Kelajakda

Dasturchilar mavjud tizim imkoniyatini eng yuqori darajadagi reallikka olib chiqish niyatida. Chunki hozirgi vaziyatda loyiha faqat sinov formatida. Uni yanada mukammallashtirish uchun yirik uskunalar va shunga yarasha mablag‘ ham talab etiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!