Microsoft haydovchisiz avtomobil yaratish fikridan qaytdi

Microsoft haydovchisiz avtomobil yaratish fikridan qaytdi

Texnologik gigantlarning biri “Maykrosoft” aqlli avtomobil ishlab chiqarishi mumkinligi xususida bir necha oy muqaddam xabar tarqalgan edi. Biroq The Wall Street Journal keltirgan kompaniya vitse-prezidentining bayonotida aytilishicha “Maykrosoft” niyatidan voz kechdi.

“Biz o‘zimizning haydovchisiz avtomobilimizni ishlab chiqarmaslikka qaror qildik. Lekin hozir ham haydovchisiz boshqaruv va transport vositasini haydashga yordamlashish bo‘yicha loyihalar bizni qiziqtirishi shubhasiz”, dedi korporatsiyaning top-menejeri OAV bilan suhbatda.

Bundan beri kompaniyaning yangi yo‘nalishlaridan biri “g‘ildirakli ish joyi”ni rivoj toptirish bo‘ladi. Ya’ni kelajak avtosi intererida “Office 365”ga o‘xshash ofis paketi qo‘llanadi.

Eslatib o‘tamiz: hozirda AQShning texnologik darg‘alari Google va Apple haydovchisiz avtomobil ishlab chiqarishga yeng shimargandir. Google Chrysler Pacifica gibrid minivenini haydovchisiz holatda sinab ko‘rish uchun tanlagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!