Microsoft kompaniyasi Internet Explorer brauzerining eski talqinlarini tugatadi

Microsoft kompaniyasi Internet Explorer brauzerining  eski talqinlarini tugatadi

Kompaniya Internet Explorer dasturining 8, 9 va 10 versiyalarining faoliyatini tugatishini ma’lum qilgan. Endi Windows foydalanuvchilari xalqaro o‘rgimchak to‘ridagi kuzatuv va faoliyatlarini kompaniya diqqat-e’tiborida turgan yangi – Microsoft Edge brauzeri yordamida amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. 12 yanvardan boshlab Windows 7, 8.1 va 10 operatsion tizimida Explorer brauzerlari orasidan faqatgina  Internet Explorer 11 dasturini yangilab borish imkoni mavjud.

Siz ham Windows 10 tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan dunyodagi 200 million qurilma egalaridan biri bo‘lsangiz, Microsoft Edge dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

19 yillik brauzerlik tarixiga ega dastur shu yilning mart oyida faoliyatini yakunlaydi. Internet brauzer-kuzatuv dasturlari yaratishda Google Chrome va Mozilla Firefox kabi samarali va tezkor brauzerlarga yutqazib qo‘ygan kompaniyaning yangi – Edge loyihasining innovatsiyalarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Agar sizning qurilmangiz Windows XP operatsion tizimida bo‘lsa, unda Explorer 8 dasturi, Vista tizimida Explorer 9 dasturi,  Windows 8  operatsion tizimida Explorer 10 dasturi, Windows 8.1 va RT 8.1 tizimlarida Explorer 11 dasturlari o‘rnatilgan bo‘ladi.

Microsoft’ dasturlarining yangi talqini uchun uning sahifasiga tashrif buyuring.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!