Microsoft’ning bugundan sotilayotgan voqelik shlemi — mo‘’jizakor!

Microsoft’ning bugundan sotilayotgan voqelik shlemi — mo‘’jizakor!

Microsoft kompaniyasi HP va Acer kompaniyalari bilan hamkorlikda tayyorlagan aralash voqelik shlemi va virtual ob’yektlarni boshqaruvchi pultlarni sotuvga chiqardi. Gadjet to‘ldirilgan va virtual voqelik texnologiyasini qo‘llab-quvvatlagani uchun ham “aralash voqelik shlemi” nomini olgan.

Windows 10 operatsion tizimining kechagina e’lon qilingan yangilangan — 10 Fall Creators talqini aralash voqelik (Mixed Reality) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Maxsus shlem yordamida foydalanuvchi qo‘shimcha voqelik bilan ishlash, jumladan real va virtual buyumlar bilan o‘zaro ishlash — ustma-ust yoki yonma-yon qo‘yish va boshqa amallarni bajarishi mumkin. Shuningdek, virtual voqelik texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydigan yangi shlem foydalanuvchini batamom yangi olamga olib kiradi.

Aralash voqelik bilan ishlashda Microsoft maxsus kontroller — boshqaruv pultini yaratgan. U virtual buyumlar bilan aloqaga kirishga yordam beradi. Gadjetdan foydalanish uchun xonanin maxsus datchiklar bilan jihozlash talab qilinmaydi: bu pult barcha parametrlar to‘g‘risidagi signallarni to‘g‘ri shlemga yuboradi. Motion controller’ning ishlashini quyidagi videoda tomosha qiling.

Bugundan boshlab dastur ishlab chiqaruvchilar bu qurilmalarni Acer’ga 300 dollar (pult bilan birga 400 dollar), HP’ga 330 dollar to‘lab, buyurtma qilishlari mumkin. Devays xaridorga yozda yetib keladi.