Microsoft rahbari masofadan ishlashning salbiy oqibatlarini aytdi

  •   DiMaX
  •  608
  •  19.05.2020 12:02

Microsoft rahbari masofadan ishlashning salbiy oqibatlarini aytdi

Hozirda koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo bo‘ymcha ko‘pchilik masofadan ishlashga o‘tgani sir emas. Lekin buning bevosita xodimning o‘zi uchun ham zararlari bor, deyapti Microsoft korporatsiyasi rahbari Satya Nadella.

O‘QING: Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan!

Nadella fikriga ko‘ra, garchi ish samaradorligi ko‘rsatkichlari saqlanib qolsa-da, masofadan ishlash o‘ziga yarasha salbiy ta’sirlarga ham ega. Doimiy tarzda masofadan ishlash kishilarning ijtimoiy munosabatlariga, shuningdek, xodimlarning ruhiy sog‘lomligiga zarar yetkazadi.

«Kuyib ketish qanday ko‘rinishga ega? Ruhiy salomatlikning qiyofasi qanaqa? Bu aloqa va jamiyatning yaratilishi qanday ko‘rinishda o‘zi? Ehtimol, hammamiz masofadan ishlash bilan biz, o‘zimiz yaratgan ijtimoiy kapitalning bir qismini kuydirib yuborayotgandirmiz. Qanday qilib buning oldini olish mumkin?» – deydi Satya Nadella.

Shu bilan birga, Microsoft rahbari majlisga borayotib yo‘l-yo‘lakay kishilar bilan suhbat qurishlarni, hamkasblariga bir necha daqiqa bo‘lsa ham jonli murojaat etish imkoniyatini sog‘inganini aytgan.

Aytish kerakki, Microsoft asoschisi Bill Geyts 2000 yilning 13 yanvarida uning bosh direktorligidan ketgan va o‘rnini Stiv Balmer egallagan. Balmer kompaniyani 14 yil davomida boshqargach, 2014 yilda ushbu lavozimga Satya Nadella tayinlangan.

O‘QING: IT gigantlarni boshqarayotgan 10 ta hind

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!