Microsoft Research tasvirni “tanish” algoritmi ustida ishlamoqda

Microsoft Research tasvirni “tanish” algoritmi ustida ishlamoqda

Microsoft Research tadqiqotchilar bo‘linmasi sun’iy idrok (intellekt) ustida jiddiy shug‘ullanyapti. Mutaxassislar inson tasvirini tahlil qilish asosida kayfiyatini va yoshini aniqlash,  egizaklarni topish, soqoliga baho berish texnologiyasini yaratgan. Kompaniya bu bilan cheklanib qolmasdan yangi izlanishga qo‘l urdi.

Hozirda kompaniya tasvirdagi ob’yektlarni “tanish” texnologiyasi ustida ishlamoqda. Tizim tasvirni baholay oladi, sahnadagi vaziyat mazmunini “tushunadi” va inson singari mantiqli ta’rif-tavsif bera oladi.

Kamera bilan jihozlangan bu tizim ilovasi velosipedga o‘rnatilganda ob’yektlarni yo‘l-yo‘lakay qayd qilib ketadi. Yo‘ldagi vaziyatni tahlil etishda oldi va orqasi, o‘ngi va chapidagi hodisalarga asoslanadi.

Bunday tizimning imkoniyati cheksizdir. Kompyuter rasmni “tanish” funksiyasidan istalgan sohada – tibbiyotdan tortib avtopilotli avtomobillar va dronlarda ham foydalanish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!