Microsoft Skype’ning Londondagi ofisini yopadi, 400 xodim ishdan bo‘shatiladi

Microsoft Skype’ning Londondagi ofisini yopadi, 400 xodim ishdan bo‘shatiladi

The Verge nashrining xabar berishicha, Microsoft kompaniyasi tez orada Skype’ning London shahridagi ofisini yopib, 400 nafarga yaqin ishchilarni bo‘shatadi. Kompaniyaning Financial Times nashriga bergan ma’lumotiga ko‘ra, Microsoft jahon bo‘ylab ba’zi muhandislik ish o‘rinlarini umumlashtirish maqsadida shunday qarorga kelgan.

Skype messenjeri ayni vaqtda dunyoning bir qator shaharlaridan, jumladan, Redmond, Palo Alto, Vankuver, shuningdek Yevropadagi bir nechta ofislardan boshqariladi. Shaxsini oshkor qilmagan sobiq Skype xodimining aytishicha, AQSh kompaniyasi Skype xodimlarini ishdan bo‘shatish va yangi xodimlarni yollash orqali orqali messenjer ustidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida.

Skype shu kungacha dunyodagi eng keng ommalashgan ovozli chatlardan biri edi, ammo ayni vaqtda boshqa raqobatchilar (Whatsapp, Facebook Messenger) tomonidan analogdagi xizmatlarning taklif etilishi, messenjerga bo‘lgan talabning susayishiga olib kelmoqda. Balki messenjerga qarashli eng yirik ofislarning yopilishi ham shu sababga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.