Microsoft smartfonlar bozoriga qaytyaptimi?

  •   DiMaX
  •  1377
  •  01.06.2017 14:50

Microsoft smartfonlar bozoriga qaytyaptimi?

Microsoft kompaniyasi hozirda Windows Mobile alohida bo‘linmasi tomonidan ishlangan yangi qurilmani sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda kompaniyadagi bir-biridan mustaqil ikkita manbadan xabar qilgan, deb yozadi thurrott.com.

Aftidan, bu yerda gap Surface qurilmasi haqida ketmoqda;  Microsoft uning yordamida umuman smartfon g‘oyasida inqilob yaratmoqchi. Kompaniya yangi qurilmaning nafaqat «temir» qismini, balki dasturiy ta’minotini ham ishlab chiqmoqda. Kutilishicha, yangi interfeys Windows Mobile’dan tubdan farq qiladigan bo‘ladi.

Surface Phone konseptlaridan biri

Agar shunaqa bo‘lsa, yangi smartfonlar ARM yoki Snapdragon protsessorida, moslangan Windows 10 tizimida ishlaydi. Shuningdek, Continuum texnologiyasi asosida ularni osongina to‘laqonli kompyuterga aylantirish imkoni ham bo‘ladi. Buning uchun telefonga maxsus dok-stansiya orqali tashqi monitor, klaviatura va sichqoncha ulansa bas.

Surface Phone konseptlaridan biri

Yangi qurilma ustida ishlar jadal ketmoqda, deb yozadi tahlilchi Bred Sems. Biroq Microsoft’ning ish samaradorligiga bog‘liq holda, smartfon bir yil yoki undan oshiqroq vaqtdan keyin taqdim etilsa kerak.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!