Microsoft Surface Book i7 – yangi innovatsion gibrid

Microsoft Surface Book i7 – yangi innovatsion gibrid

AQShning Microsoft kompaniyasi kecha o‘tkazilgan yangi gadjetlar taqdimoti doirasida yangi gibrid planshet Surface Book i7 modelini namoyish qildi. Yangi model kuchli grafika tizimi, protsessor va nisbatan uzoq avtonom ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Uning o‘tmishdoshi Microsoft Surface Book bundan bir yil muqaddam tanishtirilgan edi. Biroq Microsoft firmasi Surface Book i7 gibridini “noutbuk” tarzida pozitsiyalamoqda. Gadjetga 13,5 dyuymli 3000 x 2000 piksel aniqligidagi (bir dyuymga 267 ta piksel joylangan) sensorli ekran o‘rnatilgan. Displey Corning Gorilla Glass 4 shishasi bilan himoyalangan bo‘lib, Surface Pen ruchkasi bilan unga turli belgilarni kiritish mumkin.

hq720

Surface Book i7 avvalgi versiyaga qaraganda 30% uzoqroq ishlaydi – avtonom ishlash vaqti 16 soatni tashkil etadi. Modelga bugundan buyurtma berish mumkin, narxi – $2399. Yetkazib berish ishlari noyabr oyida boshlanadi. O‘tgan yilgi Surface Book modeli esa 1499 dollar narxida sotuvda qoldiriladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!