Microsoft Surface Phone rostdan mavjudmi?

Microsoft Surface Phone rostdan mavjudmi?

Microsoft Surface nomli sirli smartfon haqida 2012 yildan beri gapiriladi. Yaqinda mazkur model imtihon qilingan qurilmalar ro‘yxatida qayd etildi.

HTML5Test ma’lumotlar bazasida gadjet Microsoft Surface Phone va Windows 10 Mobile operatsion tizimida ishlaydi, deb yozilgan. Qolaversa, apparatga ko‘rsatish imkoniyati 640×360 piksel bo‘lgan displey o‘rnatilgani haqida ham ma’lumotlar bor. Bunga ishonish qiyin. Biroq bular yangi versiyaga o‘xshash apparatlar to‘plami natijalari bo‘lishi ham mumkin. Yoki Microsoft kompaniyasi bu bilan o‘ziga xos piar aksiya rejalashtirgan.

Qurilmaning imkoniyatlari avval ma’lum qilingan Surface Phone`dan farqli. Masalan, 3 yil muqaddam gadjet boshqa benchmark nomida e’lon qilingandi. Biroq, nima bo‘lgan taqdirda ham, Microsoft kompaniyasi aynan shu turdagi smartfonni onda-sonda eslatib turgani borligiga ishoradek.

Eslatib o‘tamiz, mazkur apparat haqida so‘nggi marotaba yozning oxirida gapirilagandi. O‘shanda axborot manbalari smartfon Project Juggernaut Alpha nomida chiqarilishi, ko‘rsatish imkoniyati 2560x1440 piksel bo‘lgan 5,5-dyuym ekran o‘rnatilishi, 64-bitli Intel Atom x3 (soFIA) protsessori asosida ishlashi, Carl Zeiss optikali 21-megapiksel asosiy, 8-megapiksel frontal kameraga, shuningdek, 3 va 4 GB tezkor xotira qurilma hamda 64 va 128 GB doimiy xotira kartasiga ega bo‘lishi haqida yozgandi. Qolaversa, manba smartfon 2016 yil boshida ommaga namoyish etilishini ham bayon qilgandi.