Microsoft Surface Phone smartfoniga noutbuklarga mo‘ljallangan Intel protsessori o‘rnatiladi

Microsoft Surface Phone smartfoniga noutbuklarga mo‘ljallangan Intel protsessori o‘rnatiladi

Ma’lumki, AQShning Microsoft kompaniyasi garchi operatsion tizim va qisman gibrid planshetlar bozorida ilgarilagan bo‘lsa-da, smartfonlar borasida kompaniyaga omad kulib boqmayapti. Hatto firmaning ijrochi direktori Satya Nadella ham mazkur holatni tan olib, o‘z vaqtida foydalanilmagan imkoniyat yuzasidan afsusda ekanini bildirgan.

2016 yilda Redmond giganti birorta smartfonni taqdim etmadi. Biroq kuni kecha mashhur insayder Evan Blassning @evleaks blogida Windows dasturida ishlaydigan noma’lum gadjetning suratlari oshkor etdi. Mutaxassislarning fikricha, aynan mana shu qurilma Surface Phone bo‘lishi kerak ekan.

surfacce-phone-evleaks

4PDA nashrining yozishicha, mazkur smartfon bitta USB Type-C porti bilan jihozlanadi. Qurilma yupqa dizayni va boshqa qirralari bilan Microsoft’ning boshqa gadjetlarini esga soladi. Evan Blassning qayd etishicha, ushbu smartfonga noutbuklarga mo‘ljallangan Intel protsessori o‘rnatilgan.

Hozircha qurilma haqida biror xulosa qilishga hali erta. Ammo Microsoft smartfonni to‘liq imkoniyatli kompyuterga aylantirishiga umid bildirib qolamiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!