Microsoft Surface Studio – dunyodagi eng yupqa monoblok

Microsoft Surface Studio – dunyodagi eng yupqa monoblok

AQShning Microsoft kompaniyasi bugun yangi gadjetlar taqdimoti doirasida jahondagi eng yupqa monoblok – Surface Studio qurilmasini namoyish qildi. Tashqi tomondan u kompaniyaning Surface seriyasidagi gadjetlaridan katta farq qilmaydi: ixcham va ingichka, korpusi alyuminiydan ishlangan. Qalinligi bor-yo‘g‘i 12,5 mm. Yangi monoblok AKT sohasidagi professionallarga mo‘ljallangan.

Kompyuter 28 dyuymli 3:2 nisbatdagi TrueColor displey bilan jihozlangan. Piksellar sig‘imi 4K (Ultra HD) formatinikidan 63%ga ko‘proq. Shu bilan birga ekranda sRGB va DCI-P3 kabi rang rejimlari ham ko‘zda tutilgan.

5P3RtHwz0z2wcnWsdIsnRz1tOSVVPBZV7

Gadjetga so‘nggi avloddagi Intel Core i7 protsessor, NVIDIA GeForce GTX 980M videokartasi, 32 GB operativ xotira o‘rnatilgan. Orqa tarafida to‘rtta USB 3.0, Ehernet, Mini DisplayPort portlari, audiochiqish va xotira kartasiga mo‘ljallangan slot mavjud.

Kompyuterga bugundan boshlab buyurtma berish mumkin. Narxi – 2999 dollar.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!